"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu o‘zining jismoniy holati ajoyib ekanligini namoyish qildi.
34 yoshli portugaliyalik futbolchi qarindoshlari davrasida o‘z tana muskullarini ko‘z-ko‘z qildi. Ronalduning singlisi Katya Aveyru quyidagi suratni o‘z instagramiga joyladi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu ayni damda karantin sabab o‘zi tug‘ilib o‘sgan Portugaliyaning Madeyra orolida dam olmoqda.