“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 07:33
ЎЗO‘Z

«Sokol» lageri karantinidagi 2 kishida koronavirus aniqlandi. U yerda Moskvadan kelgan 500 ga yaqin o‘zbekistonliklar bor

23 mar, 21:22 4 949 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Sokol» lageri karantinidagi 2 kishida koronavirus aniqlandi. U yerda Moskvadan kelgan 500 ga yaqin o‘zbekistonliklar bor Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar soni 23 mart kuni 9 nafarni tashkil etgani xabar berilgan edi. Viloyat IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur virus bilan kasallanganlarning ikki nafari «Sokol» lagerida karantinda saqlanayotgani aniqlandi.

Avvalroq Moskvadan Toshkentga yetib kelgan 500 ga yaqin o‘zbekistonliklar Bo‘stonliq tumani «Qizilsuv» mahallasi «Sokol» sport-sog‘lomlashtirish markaziga 14 kunga karantinga olingani, biroq fuqarolar ushbu muassasada sharoitlar yo‘qligidan shikoyat qilgani haqida xabar berilgan edi.

«Sokol» oromgohi direktorining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Madina Rasulova ushbu lager bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ekanligi, u yerda yozda dam olinishi va biror marta qishda ishlamaganini bildirgan.

Toshkent viloyati ma’muriyati esa «Sokol» oromgohida karantinda saqlanayotgan fuqarolarning muammolarini eng qisqa vaqt ichida hal etishga va’da bergan.

Ushbu lagerda karantinda saqlanayotgan Toshkentdagi oqshom liboslari do‘koni egasi, tadbirkor Yulduz Mavlonova esa birinchi kecha bir oz qiyin o‘tgani, lekin hozir hamma sharoitlar qilib berilganini aytgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 46 nafarga yetgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 110
  • Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi (video) 17 apr, 22:29 212
  • Andijonlik yigit Koreyaga o‘qishga ketgach, terroristik tashkilot yetakchilari ta’siriga tushgani aniqlandi 17 apr, 17:55 216
  • Instagram orqali fuqarolarni chuv tushirib kelgan 18 yoshli yigit qo‘lga olindi 17 apr, 15:38 57
  • Hazoraspda 31 ta jarimasi bor “Cobalt” xatlanib, MIB binosiga joylashtirilgach, qarzdor barcha jarimalarni to‘ladi 17 apr, 14:28 60
  • NATO mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli kuchlari kursantlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda 17 apr, 10:13 50
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov, navbat “Yuventus”ga! 18 apr, 00:18 166
  • Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik" 18 apr, 00:02 65
  • OCHL. "Al Ayn" kutilmaganda yarim finalning ilk o‘yinida "Al Hilol"ni mag‘lub etdi 17 apr, 23:59 59
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 110
  • Ulug‘bek Hoshimov: "Hujumchi pozitsiyasiga 3-4 futbolchi da’vogarlik qilmoqda" 17 apr, 23:36 53
  • Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 17 apr, 23:10 70
  • Ukrainadagi urushda qancha rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi 17 apr, 22:50 147
  • Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi (video) 17 apr, 22:29 212
  • Timur Kapadze: Bu musobaqada kuchsiz jamoa yo‘q, hamma bu yerga katta maqsad bilan kelgan 17 apr, 21:53 61
  • Pokiston Afg‘oniston va Eron bilan chegaralari yaqinidagi ikkita bazasini AQSHga topshirdi 17 apr, 21:27 157
  • Fayzullayevga Italiyaning mashhur jamoasi xaridor! 17 apr, 21:00 236
  • "Baltika"ga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Fayzullayev jamoadoshlarini osh bilan siyladi 17 apr, 20:44 143
  • Bo‘limlar