“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 20:42
ЎЗO‘Z

Transport vazirligi taksi narxlari ko‘tarilishi ehtimoli yuzasidan izoh berdi

23 mar, 13:20 3 721 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Transport vazirligi taksi narxlari ko‘tarilishi ehtimoli yuzasidan izoh berdi Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi va Toshkent shahar hokimi qarori bilan joriy yilning 22 mart kunidan boshlab poytaxtda avtobus, metro hamda yo‘nalishli taksi (marshrutka) qatnovlari vaqtincha to‘xtatildi.
Transport vazirligi bu choralar ortidan taksi xizmatiga talab ortishi va narxlar ko‘tarilishi masalasida izoh berdi.

«Toshkent shahrida jamoat transporti to‘xtatilishi ortidan tabiiyki taksi xizmatiga bo‘lgan talab oshdi. Mobil ilovalar orqali taksi xizmatini buyurtma qilishni yo‘lga qo‘ygan kompaniyalar bilan narxlarni oshirib yubormaslik yuzasidan tushuntirish ishlar olib borilmoqda. Xususan, aholi orasida ommabop bo‘lgan Yandex Taxi kompaniyasining Moskvadagi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilib, dasturdan talabdan kelib chiqqan holda narxning ko‘tarilish funksiyasi o‘chirtirildi», deydi Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov.

Ma’lum qilinishicha, taksi narxlari oshmasligi bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent transport boshqarmasi, Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

«Shaxsiy avtomashinasiga ega bo‘lgan fuqaro qonuniy taksi faoliyati bilan shug‘ullanishni istasa, yo‘nalishsiz taksi firmalariga murojaat etib 4-5 soat mobaynida o‘z xizmatlarini qonuniylashtirib, litsenziya olishlari mumkin», deya qo‘shimcha qildi Navro‘z Ashurmatov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 1
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 4
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 111
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 91
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 77
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 3
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 43
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 63
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 72
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 232
  • Bo‘limlar