“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 19:00
ЎЗO‘Z

Xitoyda koronavirusga chalingan bir necha o‘n ming odam rasmiy hisob-kitobga kiritilmagani ma’lum bo‘ldi

23 mar, 10:33 5 080 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda koronavirusga chalingan bir necha o‘n ming odam rasmiy hisob-kitobga kiritilmagani ma’lum bo‘ldi Foto: Reuters
Xitoyda COVID-19 koronavirus bilan kasallangan bir necha o‘n ming odam infeksiya alomatlari kuzatilmagani tufayli rasmiy hisob-kitoblarga kiritilmagan bo‘lib chiqdi. Bu haqda South China Morning Post hukumatdagi maxfiy ma’lumotlarga tayanib xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, fevral oxirida mamlakatda 43 ming nafar SARS-Cov-2 alomatlari kuzatilmagan, biroq ushbu kasallik tarqatuvchisi bo‘lgan odamlar ro‘yxatga olingan. Ular karantinga qo‘yilgan va tibbiy kuzatuv ostida bo‘lgan, ammo ularni kasallanganlar rasmiy ro‘yxatiga kiritilmagan va o‘sha vaqtda koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy 80 ming nafardan ko‘p bo‘lgan.

Nashrning yozishicha, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni hukumat bergan ma’lumotlardagidan umumiy sonning chorak qismidan ko‘proq va 125 ming nafarga yaqin.

Ayni kunlarda olimlar kasallik alomatlari kuzatilmagan virus tarqatuvchilarining koronavirus pandemiyasidagi o‘rnini baholay olmayapti, lekin Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga topshirilgan tahlillarda ijobiy natija kuzatilgan har bir odamni COVID-19 yuqtirish holati sifatida qayd etishni tavsiya qilgan.

Xitoy hali ham koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda (81,3 ming nafar odam), biroq vafot etganlar soni bo‘yicha Italiya Chin yurtidan o‘zib ketgan – 5 ming nafar, Xitoyda 3,1 ming nafar odam virus keltirib chiqargan pnevmoniya oqibatida o‘lgan. Fevral o‘rtalarida hukumat qabul qilgan keskin choralar sabab zararlanish bo‘yicha eksponensial o‘sish sur’ati qisqargan.

22 mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda SARS-Cov-2 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 307 mingdan oshib ketgan. 13 ming nafar odam vafot etgan, 92,3 ming nafar odam tuzalgan. COVID-19 koronavirusi 2019 yil dekabr oyida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan, infeksiya Xitoydan tashqari jahonning yana 167 mamlakatida kuzatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 0
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 0
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 2
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 20
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Bo‘limlar