“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 18:22
ЎЗO‘Z

Benzin narxi oshmaydi, «zapravka»lar ishlashda davom etadi – «O‘zbekneftgaz»

22 mar, 22:00 3 320 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Benzin narxi oshmaydi, «zapravka»lar ishlashda davom etadi – «O‘zbekneftgaz» Ijtimoiy tarmoqlarda, Telegram`dagi turli guruhlarda tarqalayotgan, 23 martdan boshlab benzin narxi oshishi, karantin munosabati bilan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari yopilishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, karantin davrida «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish kuchaytiriladi, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida yonilg‘i quyish punktlari tez-tez dezinfeksiya qilib turiladi, ammo faoliyatini to‘xtatmaydi.

Karantin davrida «zapravka»larning ish vaqtida ham hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Respublika miqyosidagi «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari to‘liq odatdagi rejimda ishlashda davom etadi.

Shu bilan birga, benzin va boshqa yonilg‘ilarning narxida o‘zgarish bo‘lmaydi.
«O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi shoxobchalarda benzin narxi respublika bo‘yicha bir xil bo‘lishi qat’iy nazorat qilinadi.

Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova ham tarmoqdagi ma’lumotlar asossiz ekanini tasdiqladi.
«Bu yolg‘on xabar. Respublikadagi barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari karantin davrida ham ishlashda davom etadi. Ularning yopilishi haqiqatdan uzoq. Tez orada bu hamda rasmiy bayonot beramiz», deydi u.
benzin narxi, yoqilg‘i




Mavzuga oid yangiliklar
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 0
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 36
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 176
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 246
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 52
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 31
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 1
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 57
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 36
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 176
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 46
  • Bo‘limlar