“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 04:51
ЎЗO‘Z

Turkiyalik diyetolog sarimsoqning yoqimsiz hidini bartaraf etish chorasini aytdi

22 mar, 21:07 5 268 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyalik diyetolog sarimsoqning yoqimsiz hidini bartaraf etish chorasini aytdi Foto: «Sputnik»[sup][/sup]
Turkiyalik diyetolog Shebnem Kandirali Yildirim sarimsoqning foydali xususiyatlari va uni yeganda yoqimsiz hidning chorasi haqida so‘zlab berdi, deb yozadi «Sözcü» nashriga tayanib "Xabar" nashri.

Shifokorning ta’kidlashicha, sarimsoq sut bezi saratonidan himoyalanishga hamda qonda qand miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Bu o‘simlik ovqatdan zaharlanish asoratlarini bartaraf etadi, tarkibidagi oltingugurt esa qon bosimini me’yorlashtiradi.

«Kampilobakteriyalar chaqirgan ovqatdan zaharlanganda sarimsoq an’anaviy antibiotiklarga qaraganda yuz baravar samaraliroq», — deya ta’kidlaydi shifokor.

Yildirimning aytishicha, muntazam piyoz va sarimsoq iste’mol qiluvchi ayollar tos-son bo‘g‘imi artritidan kamroq qiynalishadi, negaki bu o‘simliklar tarkibida bo‘g‘imlar zararlanishining oldini oluvchi modda bor.

Shifokorning ta’kidlashicha, ko‘pchilik hidi tufayli sarimsoq yeyishdan bosh tortadi. Yoqimsiz hidning oldini olish uchun sarimsoqni qaynatilgan sut bilan birga iste’mol qilish lozim.

«Sarimsoqni taom tayyorlash jarayonida qo‘shmasdan, uni xomligicha iste’mol qilish lozim. Chunki termik ishlov foydali oltingugurt birikmalarining hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi», — deydi diyetolog.
yoqimsiz hidi, sarimsoq, diyetolog




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 91
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 48
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 233
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 239
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar