“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 07:26
ЎЗO‘Z

Yakuniga yetkazilmagan islohot yuki yunusobodliklarning cho‘ntagiga tushmoqda. Karantin sabab vaziyat yanada og‘irlashishi mumkin

22 mar, 18:14 4 614 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yakuniga yetkazilmagan islohot yuki yunusobodliklarning cho‘ntagiga tushmoqda. Karantin sabab vaziyat yanada og‘irlashishi mumkin Butun respublika aholisi elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun bir xil tarifda pul to‘layotgan bir paytda, hukumatning chala qolgan islohoti ortidan poytaxtning Yunusobod tumani aholisi limitdan ortiqcha ishlatgan energiya resurslari uchun 20 foiz qimmat narxlarda to‘lov qilib kelmoqda. Bu tartib karantin sabab hamma uyda o‘tirgan vaqtda fuqarolar ahvolini yanada og‘irlashtirishi mumkin.

Olti oy muddatga eksperiment belgilangan edi

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 noyabrdagi «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida» 897-sonli qarori qabul qilingan edi.

Yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qabul qilingan ushbu qarorga muvofiq 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yangi tizim joriy etildi. Unga ko‘ra:

a) aholi iste’moli uchun elektr energiyasi bazaviy normasi oyiga bir abonentga 300 kVt.soat;

b) aholi iste’moli uchun tabiiy gazning bazaviy normasi:

- isitish mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda yashaydigan bir abonentga oyiga 1000 kub.m;
- boshqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub.m etib belgilandi.
Eksperimentning eng muhum jihati sifatida, Yunusobod tumanidagi iste’molchilar uchun limitdan ortiq ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tarifga nisbatan 1,2 baravar oshirilgan miqdorda narxlar belgilangan.

Gap nima haqida ketayotganini tushunmaganlar uchun masala mohiyatini misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz.

Aytaylik, 2019 yil yanvar oyida, qo‘shni Olmazor tumanidagi bir abonent bir oy davomida 1000 (ming) kVt.soat elektr energiyasi ishlatdi. U shu sarflangan energiya resursi uchun 250 000 (ikki yuz ellik ming) so‘m to‘lagan.

Aynan shu oyda 1000 (ming) kVt.soat elektr energiyasini Yunusobod tumanida sarflagan abonent 285 000 (ikki yuz sakson besh ming) so‘m, ya’ni 35 ming so‘mga ko‘proq to‘lovni amalga oshirgan.

Bunda: 300 kVt.soat (limit) x 250 so‘m (1 kVt.soat elektr energiyasining 2019 yil yanvar oyidagi narxi) = 75 000 so‘m.

700 kVt.soat (limitdan ortiq iste’mol qilingan resurs) x 300 so‘m (belgilangan tarifga 1,2 baravar oshirish koeffitsiyent) = 210 000 so‘m. Jami 285 000 so‘m.

Tabiiy gaz iste’molida ham aynan shu ahvol.

Chala qolgan islohot. Oqibati diskriminatsiyaga olib kelmayaptimi?

Hukumatning mazkur qarorida «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘zbekenergo» AJ, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi (hozirgi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi)ga 2019 yilning 1 iyuliga qadar elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bazaviy normalari amalda qo‘llanishini o‘rganish natijalariga ko‘ra kelgusida iste’mol bazaviy normalarini qo‘llash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish vazifasi yuklatilgan edi.

Keyinchalik, Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 30 iyul kuni o‘zining 633-sonli qarori bilan Toshkent shahrining Yunusobod tumanida bir nafar abonentga aholining elektr energiyasi iste’moli bazaviy normalari joriy etilishining natijalari ijobiy deb topildi. Ushbu qarorga muvofiq, Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga tabiiy gaz va elektr energiyasi iste’molining bazaviy normalarini qo‘llash mexanizmlari va miqdorlari to‘g‘risida takliflar kiritish vazifasi yuklatilgan.

Biroq, hozircha respublikaning barcha hududlari uchun majburiy xarakterga ega bo‘lgan energiya resurslari iste’molining bazaviy normalarini qo‘llash mexanizmlari va miqdorlariga oid alohida tartib tasdiqlangan emas.

Yunusobodliklar respublikaning 200dan ortiq boshqa tuman-shaharlari aholisi foydalanayotgan imkoniyatlardan mahrum etilgani mutasaddilarning yodidan ko‘tarilib ketdi. Faqat ular bugungi kunda ham limitdan oshiq iste’mol qilingan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun boshqalardan ko‘ra 20 foiz ko‘proq haq to‘lashga majbur bo‘lishmoqda.

Bu esa respublika bo‘ylab karantin e’lon qilingan va odamlar o‘z uylarida qolayotgan bir vaqtda elektr va gaz sarfi keskin oshishiga olib keladi. Bunday vaziyatda Yunusobod tumanining deyarli har bir xonadonda iste’mol hajmi belgilangan limitdan oshib ketishi turgan gap. Sababi kundek ravshan: uyda qolgan fuqarolar ko‘proq televizor ko‘radi, chiroqlar yonib turadi, har doimgidan ko‘ra ko‘proq ovqat tayyorlanadi. Qolaversa, shu kunlarda barcha ta’lim muassasalarining darslari ham televideniye va internet vositalari orqali o‘tilmoqda.

Fuqarolarning teng huquqliliga oid qonun talablaridan kelib chiqib shuni aytish joizki, modomiki tegishli vazirlik-idoralar tomonidan barcha uchun majburiy bo‘lgan iste’mol bazaviy normalarini qo‘llash bo‘yicha tartib ishlab chiqilmadimi, demak Yunusobod tumani uchun belgilab qo‘yilgan cheklovlar ham bekor qilinishi kerak.

Bundan tashqari, 2019 yil 1 iyuldan boshlab, limitdan oshiq iste’mol qilgan abonentlardan oshirilgan miqdorlarda olingan to‘lovlar iste’molchining foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi shart. O‘ylashimcha, bugungi inqiroz sharoitida bu mushkul masala, albatta. Ammo hech bo‘lmaganda, hukumat qarori bilan Yunusobod tumani uchun belgilab qo‘yilgan bu cheklovni zudlik bilan bekor qilish kerak.

Kun.uz tahririyatiga kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlar yunusobodliklarning diskriminatsiya xususiyatiga ega bu islohotlardan noroziligini ko‘rsatmoqda. Yodingizda bo‘lsa, bunday tarzda eksperiment qo‘llanishidan oldin ham Yunusobod tumani aholisi norozi bo‘lgan edi.

Ushbu masalaga Enegretika vazirligi va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi kechiktirib bo‘lmas choralarni ko‘rishiga umid bildirib qolamiz.

Dilshod Abduqodirov




Mavzuga oid yangiliklar
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 51
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 145
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 149
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 50
  • O‘zbekistonda 10 aprel kuni harorat 30 darajagacha ko‘tariladi 09 apr, 12:13 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov, navbat “Yuventus”ga! 18 apr, 00:18 166
  • Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik" 18 apr, 00:02 65
  • OCHL. "Al Ayn" kutilmaganda yarim finalning ilk o‘yinida "Al Hilol"ni mag‘lub etdi 17 apr, 23:59 59
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 110
  • Ulug‘bek Hoshimov: "Hujumchi pozitsiyasiga 3-4 futbolchi da’vogarlik qilmoqda" 17 apr, 23:36 53
  • Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 17 apr, 23:10 70
  • Ukrainadagi urushda qancha rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi 17 apr, 22:50 147
  • Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi (video) 17 apr, 22:29 212
  • Timur Kapadze: Bu musobaqada kuchsiz jamoa yo‘q, hamma bu yerga katta maqsad bilan kelgan 17 apr, 21:53 61
  • Pokiston Afg‘oniston va Eron bilan chegaralari yaqinidagi ikkita bazasini AQSHga topshirdi 17 apr, 21:27 157
  • Fayzullayevga Italiyaning mashhur jamoasi xaridor! 17 apr, 21:00 236
  • "Baltika"ga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Fayzullayev jamoadoshlarini osh bilan siyladi 17 apr, 20:44 143
  • Bo‘limlar