“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:28
ЎЗO‘Z

Galimbek Kenjebayev: "Biz o‘zbek bokschilari bilan munosib jang qila olganmiz va olamiz ham"

21 mar, 09:56 3 328 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Galimbek Kenjebayev: "Biz o‘zbek bokschilari bilan munosib jang qila olganmiz va olamiz ham" Xabaringiz bor, yaqindagina Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha litsenzion musobaqa yakuniga yetdi. Mazkur turnir munosabati bilan Sports.kz sayti Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Galimbek Kenjabayev bilan suhbat uyushtirdi.

Mazkur suhbat mobaynida o‘zbek bokschilari haqida so‘z yuritilganligi hamda bokschilarimizning bir necha yillardan buyon yirik turnirlarda yon qo‘shnilarimizni ortda qoldirayotganligi borasidagi savollar o‘rin olganligi uchun ushbu intervyuni e’tiboringizga havola etishni lozim topdik.

- Galim Kaliyevich terma jamoaning litsenzion turnirdagi ishtirokini qanday izohlagan bo‘lardingiz?
- Turnir hayajonli va o‘z o‘rnida qiyin bo‘ldi. Birinchi kundanoq janglar oson kechmadi. Chunki barcha jamoalar yaxshi tayyorgarlik ko‘rib kelgandilar. Yo‘llanma va reyting ochkolari uchun jiddiy kurash kechdi.

- Vasiliy Levit va Bekzat Nurdauletovning g‘alabalarini qanday baholagan bo‘lardingiz?
- Anchadan buyon yirik turnirlarning yuqori shohsupasiga ko‘tarila olmayotgan Vasiliy Levit va Bekzat Nurdauletov o‘zlarining ishonchli janglari bilan bizni xursand qildi.

- Filippinlik Eumir Marsial ustidan finalda g‘alaba qozonish uchun Abilxan Amankulga nima yetishmadi?
- Birinchidan unda jarohat bor edi. Ikkinchidan bir-ikki yil yirik musobaqalarda ishtirok etmagandi. Bu turnir Abilxan uchun 2018 yilgi Qozog‘iston chempionatidan so‘ng, katta turnirlardagi dastlabkisi edi. Albatta, Abilxonga jismoniy holat biroz pand berdi. Umuman olganda jang teng kurashlar ostida o‘tdi.

- Bunga qadar, Yekaterinburgdagi jahon chempionatida boshqa bir vakilimiz Tursunboy Qulaxmet filippinlik bokschiga imkoniyatni boy bergan edi. Nima uchun, bizni bokschilarimiz uni yengish kalitini topa olishmayapti?
- Filippinlik jismoniy jihatdan juda baquvvat va har ikki qo‘lida ajoyib zarbalar yo‘llay oladi. Buni joriy turnirda isbotlab, bir nechta janglarini muddatidan avval tugatdi. Amankul bilan juda og‘ir jang o‘tkazdi. Bir-biriga og‘riqli zarbalarni o‘tkaza oldi va bunga chidadilar, zarbalarni ko‘tara oldilar. Bor kuchlarini berib, yakunda charchab qolishdi. Marsial juda kuchli bokschi. So‘ngi jahon chempionatining kumush medal sohibi.

O‘shanda u rossiyalik Gleb Bakshi bilan final jangida g‘alaba qozonib turgan vaqtida bitta kuchli zarba o‘tkazib yubordi va bu jang natijasiga ta’sir qilgandi. Barcha uni jahon chempioni bo‘ladi deb o‘ylab turishgan edi. Bu vazn toifasida Olimpiadada juda qiyin bo‘ladi. Aleksandr Xijnyak, Gleb Bakshi, Abilxan Amankul, Eumir Marsiallar o‘rtasida raqobat jiddiy kechadi. Amankulda o‘zining jismoniy holatini tiklab olish uchun hali vaqt bor.

- Hal qiluvchi jangda Zakir Safiullin o‘zbekistonlik Elnur Abduraimovga yutqazib qo‘ydi. Bu jang haqidagi taassurotlaringiz qanday?
- Jang teng kurashlar ostida o‘tdi. Lekin raqib, toza jang ko‘rsatmadi. Hisob 2:3 ko‘rinish oldi. Hakamlar o‘zbek bokschisini g‘olib deb topdilar.

- Bosh murabbiy sifatida Yekaterinburgdagi jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Tursunbek Qulaxmet terma jamoani tark etganidan afsuslanyapsizmi?
- Kulaxmet o‘tgan mavsum juda yaxshi natijalar qayd etdi. Isroil Madrimovni yengib, Osiyo chempioni bo‘ldi. Yekaterinburgdagi jahon chempionati sovrindoriga aylandi. Albatta, terma jamoada bunday bokschilarga ega bo‘lish yaxshi lekin “vaqt masalasi”bor. Ularni ham tushunish mumkin. Chunki insonlar oldinga harakat qilishni xohlaydilar. Vaqt o‘taveradi, shuning uchun har bir inson o‘zini ko‘rsatishni, nimagadir erishishni istaydi. Bu uning tanlovi. Men afsuslanamanmi yoki yo‘qmi, bu hech narsani o‘zgartirmaydi.

- Abilayxan Jusupov o‘z yurishini yarim final ostonasida to‘xtatganligi borasidagi fikringiz qanday?
- Jusupov turnirga umuman mos tushmadi. Lekin jang yaxshi bo‘ldi. Raund yakunida Abilayxan yaxshi harakat qilgandi. Lekin natija shunday bo‘lib qoldi.

- Qamshibek Kunkabayevning jarohati qay darajada jiddiy?
- Qo‘lidan jarohat oldi. Eng muhimi boshidan olgani yo‘q. Meni fikrimcha qolgan barchasi tuzalib ketadi va hammasi yaxshi bo‘ladi. Shunchaki qo‘li shishib ketdi. Shu sababli jang qila olmadi.

- Medallar soni bo‘yicha prinsipial raqibimiz O‘zbekiston terma jamoasidan o‘zib ketgan bo‘lsak-da, umumjamoa hisobida yana ortda qolganligimiz alamli bo‘ldimi?
- Hammasini bitta jang hal qildi. Agar, hakamlarning qarori o‘zgacha bo‘lib, g‘alabani Zakirga berishganda biz birinchi o‘rinda bo‘lardik. Bundan fojea yasamayapmiz. Endi buyog‘iga ishlash kerak. Biz yaqin kelajakda O‘zbekistonni quvib o‘tamiz. Chunki, bunga salohiyatimiz yetadi va mahoratli yoshlarimiz ham bor. Boshqa tarafdan qaraganda bu bizga bo‘shashmasligimizga va yanada jiddiy ishlashimizga o‘ziga xos motivatsiya beradi. Ring ko‘rsatdiki, biz o‘zbek bokschilari bilan doimo, munosib jang qila olganmiz va olamiz ham.

- Umuman olganda o‘tkazilgan turnirdagi hakamlik borasida nima deya olasiz?
- Hakamlik yomon bo‘lmadi. Bizning foydamizga ishlashdi deb hisoblamayman. Lekin g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Bollarga biz hakamlarda ikkilanishlar qoldirmasligi uchun doimo, raqiblaridan bir bosh ustun bo‘lishlarini aytib kelamiz. Teng jang hakamlarda qandaydir sabablarni yuzaga keltirishi mumkin. Albatta, qayerdadir norozilik bildirsak bo‘lardi. Biroq boks subektiv sport turi bo‘lib, unda har kimning o‘z fikri bo‘ladi.

Doimo, bizning oldimizda bokschilarimiz jangni chiroyli o‘tkazib, raqiblaridan ustunlik qilishlari uchun boks sifatini oshirish vazifasi turadi. Shu ustida ishlashga harakat qilyapmiz. Lekin boshqalar ham joyida qotib qolgani yo‘q. Osongina g‘olib chiqish uchun xech kim senga yo‘l bermaydi.

Manba: Sports.kz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 247
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 429
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 225
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 287
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 211
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar