“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 20:17
ЎЗO‘Z

Bemorlar haqidagi ma’lumotni oshkor qilish qonunga zidmi?

20 mar, 22:51 3 768 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bemorlar haqidagi ma’lumotni oshkor qilish qonunga zidmi? Bugungi kunda koronavirusdan ogohlik sharoitida bemorning shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qilish masalasi turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Adliya vazirligi bu borada tushuntirish berdi.

Shaxsga doir ma’lumotni oshkor qilish mumkinmi?

Qonunlarimizga ko‘ra, har bir fuqaro shaxsiy daxlsizlik, o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqiga ega.

Shaxsga doir ma’lumot muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan axborotdir. Unga shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va joyi, manzili, abonent raqami, kasbi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar kiradi.

Shaxsga doir ma’lumotlar maxfiy hisoblanib, bunday ma’lumot shaxsning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmagan holda oshkor qilinishga yoki tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shaxsga doir ma’lumotlarni keng doiradagi shaxslarga oshkor etish, ularni OAVlarda ma’lum qilish, Internetga joylashtirish yoki boshqa biror-bir usul bilan foydalanish imkonini berish ularni tarqatish hisoblanadi.

Ushbu ma’lumotlarni tarqatish ma’lumot taalluqli bo‘lgan shaxsning roziligi bilan amalga oshirilishi kerak. Ushbu ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda tarqatganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Shifokor sirini jamoatchilik manfaatlari yo‘lida oshkor qilish mumkinmi?

Shifokor siri – fuqaroning tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, uning sog‘lig‘ining holati, kasalligiga qo‘yilgan tashxis xususidagi hamda uni tekshirish va davolash davomida olingan boshqa ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.

Shifokor sirini ham fuqaroning roziligisiz oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq qonunda istisno holatlar bor.

Masalan, yuqumli kasalliklar tarqalishi, yalpi zaharlanish va zararlanish xavfi tahdid solganida, shifokor siri hisoblangan ma’lumotlarni fuqaroning roziligisiz oshkor qilishga yo‘l qo‘yiladi.

Faqat ma’lumotni keng ommaga emas, balki bunday ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasigagina berilishiga alohida e’tibor qaratish lozim.

Xorijda qanday?

Dunyoning aksar mamlakatlarida shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor qilish shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi doirasida taqiqlangan yoki cheklovlar o‘rnatilgan.

Shifokor siri masalasida jahon amaliyotiga nazar tashlasak, AQSHning ayrim shtatlarida og‘ir yuqumli kasalliklar aniqlanganda shifokor bemorga tegishli maxfiy axborotni oshkor qilishiga yo‘l qo‘yiladi.

Buyuk Britaniyada shifokor bemorning roziligisiz unga tegishli bo‘lgan maxfiy axborotni, agar ushbu axborot jamoat manfaatlariga ta’sir qilsa, oshkor qilishiga yo‘l qo‘yiladi. Biroq AQSHda ham, Buyuk Britaniyada ham ushbu qaror yetarlicha asoslarga ega bo‘lmasa, bemor uni sudga berishga haqli.

Xulosa

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shifokor tomonidan bemorning roziligisiz u haqidagi ma’lumotni faqat ma’lum shaxslar doirasiga oshkor qilish mumkin degan xulosaga kelish mumkin. O‘z navbatida bunday axborotning o‘zgaga berilishi u haqida ma’lumot oshkor qilinayotgan shaxsning huquqlari buzilishiga olib kelmasligi lozim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 136
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 166
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 220
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 263
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 3
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 43
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 63
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 72
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 232
  • Bo‘limlar