“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 01:03
ЎЗO‘Z

Toshkentda hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tibbiy niqoblar sotayotganlar aniqlandi

20 mar, 21:57 4 011 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tibbiy niqoblar sotayotganlar aniqlandi Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari 17—19 mart kunlari o‘tkazilgan tadbirlar davomida 123 431 dona, umumiy qiymati 311 million 200 ming so‘mlik hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tibbiy niqob noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilganligini aniqladi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida fuqaro M.M. belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, hech qanday hujjatlarsiz 8750 dona, umumiy qiymati 17 million 500 ming so‘mlik tibbiy niqobni savdoga qo‘ygani ma’lum bo‘lgan.

Yunusobod tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida fuqaro Z.F. ham mo‘may daromad ilinjida hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan 8400 dona, umumiy qiymati 16 million, 800 ming so‘mlik tibbiy niqobni 3 ming so‘mdan noqonuniy ravishda pullayotgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, aniqlangan holatlar yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Avvalroq Toshkentda bir kunda qiymati 123 million so‘mlik sifatsiz tibbiy niqoblarning noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgani aniqlangani xabar berilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 206
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 0
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 0
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 49
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • Bo‘limlar