“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 08:47
ЎЗO‘Z

Juma namozini uyda ado etish mumkinmi? O‘zbekiston Musulmonlari idorasi izoh berdi

20 mar, 10:10 3 791 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Juma namozini uyda ado etish mumkinmi? O‘zbekiston Musulmonlari idorasi izoh berdi Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi fatvosi bilan joriy yilning 17 martidan besh vaqt jamoat namozlari va juma namoziga jamlanmaslik, balki namozlarni uyda ado etish vaqtincha joriy etildi. Biroq, bu yangi savolni keltirib chiqardi: juma namozini 3-4 kishi uyda o‘qib olish mumkinmi? Musulmonlar idorasi raisi birinchi o‘rinbosari mazkur savolga javob berdi.

2020 yil 16 martdan e’tiboran O‘zbekistonda koronavirus – COVID 19 tarqalishining oldini olish chorasi sifatida karantin holati joriy qilindi. Shu bois, O‘zbekiston Musulmonlari ulamolar kengashining fatvosi bilan 5 vaqt jamoat namozi hamda juma namozini masjidlarda o‘qish vaqtincha to‘xtatildi. Endilikda, musulmon aholida juma namozini uyda uyda o‘qib olish mumkinmi, degan savol paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ushbu savolga javob berar ekan, jumladan quyidagilarni eslatdi.

«Ertaga juma kuni bo‘lishi munosabati bilan: “Juma namozini uyda o‘qisak bo‘ladimi?” – degan savollar ko‘paydi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi fatvosida ham juma namozi o‘rniga uyda peshin namozi ado etilishi aytilgan. Fiqhiy manbalarimizga murojaat qiladigan bo‘lsak, juma namozi durust bo‘lishi uchun juma namoziga davlat boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan umumiy ruxsat (izni omma) bo‘lishi, juma namozini odamlarga muftiy tomonidan tayinlangan kishi ado qilib berishi kerak.

Demak, juma namozi uyda o‘qilganda mana shu shartlar topilmaydi, natijada namoz durust bo‘lmaydi. Bu haqida muhaqqiq olim Mulla Ali Qori rahimahulloh: «Jumani ado qilish uchun umumiy ruxsat (izni omma) bo‘lishi shart qilingan. Chunki juma – Islom shiorlaridan biri. Uni odamlar orasida ochiqchasiga qoim qilish shart bo‘ladi», - degan.

Bu mavzuda Ibn Obidin rahimahulloh: «Umumiy ruxsat – jome masjidi ochilib, odamlar kirishiga ruxsat bo‘lishidir. Hatto, agar masjidda bir jamoat yig‘ilib, eshikni yopib olib jum’a namozini o‘qisalar, namozlari durust bo‘lmaydi», - deya ta’kidlagan.

Hozirgi sharoitda hammamiz ittifoq bo‘lib, shariatimiz ko‘rsatmalariga amal qilishimiz, Alloh taoloning sinov-imtihonlaridan go‘zal suratda o‘tishga harakat qilishimiz lozimdir. Nafl ibodatlar, tilovati Qur’on, duo-tasbehlar, qiyin sharoitda qolganlarga xayru ehson qilish kabi Alloh taologa xush keladigan amallarni ko‘paytiraylik.
Boshimizga kelgan sinovni ham savob ishlash uchun g‘animat fursat, deb bilaylik. Shoyadki, Alloh taolo tez kunlarda fazilatli, katta jamoatlarda namozlarni ado qilishni nasib aylasa, xalqimizga xotirjamlikni qaytarsa. Alloh taolo dunyo musulmonlari, jumladan xalqimizdan turli balo-ofatlarni uzoq qilsin! Omin!», - deyiladi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ochiqlamasida.

Musulmonlar idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekovning Kun.uz muxbiri bilan suhbatida ta’kidlashicha, doimiy ravishda jamoat yoki juma namozini ado etib yurgan banda uzrli sabab bois, uni ado eta olmasa, Alloh taboraka va taolo unga jamoat va juma namozi savobini beraverishi haqida rivoyatlar vorid bo‘lgan.

- Domla, ilk savolimiz O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolar kengashining fatvosi haqida. Ko‘pchilik namozxonlarimizda juma namozini 3-4 kishi bo‘lib, uyda o‘qish mumkinmi, degan mazmundagi savol paydo bo‘lmoqda.

- Bismillahir rohmanir rohiim! Alhamdullilah, vassolatu vassalamu ala rasulillah! O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolar kengashining fatvosi, xalqimizni, musulmonlarni shu vabodan saqlash maqsadida qabul qilindi. Bu nafaqat bizning O‘zbekistonda, balki Islom davlatlari borki, xalqini shu ofatdan eson-omon saqlash chorasi qatorida barcha jamoat tadbirlari singari jamoat namozlari, hatto juma namozlarini vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha qarorlar, fatvolar e’lon qildi.

Endi Biz bir narsani to‘g‘ri tushunishimiz kerakki, bu fatvo deganda, juma namozlari, jamoat namozlarni vaqtinchalik to‘xtatish, yolg‘iz uylarda o‘qishlik tavsiyasi berishlik – bu hamma uchun. Juma namozini 3-4 kishi bo‘lsak ham, uyda o‘qib olsak bo‘ladimi, degan savollar bizlarga ham berilmoqda. Bundan xabarimiz bor. Shu narsani biz yana bir karra mo‘min-musulmonlarga tushuntirib qo‘yishimiz kerak bo‘ladiki, besh vaqt namozni ikki kishi bo‘lsa ham o‘qisa, jamoat sanaladi, uyida, o‘z oilasi bilan jamoat bo‘lib o‘qisa, nur ustiga nur. Chunki, u odatiy, kundalik namoz.

Ammo, juma namozining o‘qilishida faqatgina jamoat hozir bo‘lishining kifoya emas. Uning alohida shartlari bor. U katta bir jome bo‘lishi kerak. Eng muhimi, kitoblarimizda aytiladiki, juma namozi o‘qishga davlat tomonidan va muftiy tomonidan ruxsat bo‘lishi kerak. O‘sha ruxsat berilgan joydagina, juma namozi ado qilinadi, degan shartlari bor.

Agar, shunday ruxsat berilmagan joyda juma o‘qilsa-da, jumaga o‘tmaydi, degan masalalar bor. Shuning uchun, fatvoda ochiq-oydin aytilib qo‘yildiki, 3 kishi, 4 kishi emas, 10 kishi bo‘lsa ham, keling, bugun juma ekan, uning savobini topaylik, deb, juma namozini ado etsa ham, u ruxsatsiz o‘qilgan qatoriga kiradi.

Payg‘ambar alayhissolati vassalomning bir hadislari bor-da. «Sog‘lom odam, muqimlikda qilayotgan ibodatiga Alloh taolo qancha ajr bergan bo‘lsa, safarga chiqqanida yoki bemor bo‘lib qolganida qilgan ibodatiga, sog‘lig‘ida, muqimligida qilgan mukammal ibodatining savobi beriladi. Alloh, namozni o‘tirib o‘qiyapti, ruku-sajdasini to‘liq qilmayapti, shuning uchun, bunga yarim savob beraman demaydi. Chunki, banda o‘z holatidan kelib chiqib ibodatini ado etmoqda.

Shuning uchun, xotirjam bo‘lishsinki, uylarida yolg‘iz o‘qiyotgan namoziga, qani endi, masjid ochiq bo‘lsa-yu, jamoatda o‘qisam, deb niyat qilib turibdimi, unga o‘sha 25ta yoki 27ta savobni beradi. Chunki, banda o‘z ixtiyori bilan masjiddan yoki jumadan qolayotgani yo‘q», - dedi Homidjon Ishmatbekov.
Juma namozi, uyda ado etish




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 0
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 0
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 98
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 366
  • So'nggi yangiliklar
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 0
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 126
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 76
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 182
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 94
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 34
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 50
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 258
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 179
  • Bo‘limlar