“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:26
ЎЗO‘Z

Prezident farmoni: Ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni oshiriladi

19 mar, 23:50 3 930 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident farmoni: Ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni oshiriladi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmonda belgilanishicha:
- Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganligi yoki kasallik yuqtirganlikda gumonlanib karantinga joylashtirilgan ota-onalarga (ularning o‘rnini bosadigan shaxslarga, vasiylarga otaliqqa olganlarga), shuningdek ularning 14 yoshga to‘lmagan farzandiga qarayotgan shaxslarga o‘rtacha ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi;
- Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki karantinga joylashtirilgan farzandning hamda 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (uning o‘rnini bosuvchi shaxs, vasiy, otaliqqa oluvchi) bo‘lgan xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
- 2020 yil 1 apreldan 14 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bor ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar sonini 10 foizga oshirish, bolani ikki yoshga to‘lgunga qadar boqish va moddiy yordam berish bo‘yicha choralar ko‘radi;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiy, sanitariya-epidemiologiya va boshqa xodimlarga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlarida ishtirok etganliklari uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida kunlik qo‘shimcha to‘lov joriy etadi;
- davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va faoliyati to‘xtatilgan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim, sport va madaniyat muassasalari xodimlariga ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlaydi;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta ichida aholiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi hujjatlarni berishning soddalashtirilgan tizimini tashkil etish choralarini ko‘radi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir hafta ichida quyidagilar ko‘zda tutilgan tartibni ishlab chiqadi:
- maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari faoliyati to‘xtab turgan davrda tarbiyalanuvchilar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga yillik mehnat ta’tilidan foydalanishning yillik rejasidan qat’i nazar yillik mehnat ta’tili (olti oydan kam ishlaganlarga ham) taqdim etiladi;

- karantin choralari davrida ish beruvchilar xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan va surunkali kasalliklarga chalingan shaxslarni ularning roziligi bilan masofadan ishlashga, moslashuvchan ish jadvali yoki uydan turib ishlashga o‘tkazishlari mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar