“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 16:16
ЎЗO‘Z

Prezident farmoni bilan qator soliq imtiyozlari berildi

19 mar, 23:10 5 102 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident farmoni bilan qator soliq imtiyozlari berildi «Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2020 yilning 1 aprelidan 1 oktabriga qadar:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foiziga kamaytiriladi;
- alkogol mahsulotlari bilan ulgurji savdo qiluvchi korxonalarning ajratmalari 5 foizdan 3 foizga kamaytiriladi;
- alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun umumiy ovqatlanish tashkilotlarining yig‘im miqdori belgilangan miqdordan 25 foizga kamaytiriladi.

2020 yilning 1 aprelidan 1 iyuliga qadar turistik (mehmonxona) yig‘im hisoblash va undirish to‘xtatiladi.
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarni sug‘orishda foydalanilgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun hajmlar bo‘yicha soliq stavkalari 2020 yilda belgilangan stavkalarning 50 foiziga kamaytiriladi.

Jismoniy shaxslarning 2019 yil uchun yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020 yil 1 avgustgacha uzaytiriladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash muddati 2020 yil 15 oktabrgacha uzaytiriladi.
2020 yil 1 apreldan jismoniy shaxslarning xayriya tashkilotlaridan moddiy manfaat ko‘rinishida oladigan daromadlari soliqqa tortishdan ozod etiladi.

Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlariga faoliyati turizm sohasiga bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslar daromad solig‘iga belgilangan stavkani 30 foizga kamaytirish tavsiya qilindi.

Mahalliy hokimiyat organlari tadbirkorlik sub’ektlariga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini foizlarsiz 6 oyga kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini taqdim etadi. Bunda, ushbu soliqlarni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) soliq to‘lovchining arizasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari rahbarlarining xulosalari asosida boshqa hujjatlarni talab qilmasdan taqdim etiladi.

Farmonda belgilanishicha, 2020 yil 1 oktabrgacha:
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzdorliklari uchun jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi;
- soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga mol-mulk, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovlari bo‘yicha penya hisoblanishini to‘xtatib turadi hamda soliq qarzlarini majburiy undirish choralarini ko‘rmaydi.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining soliq tekshiruvi 2021 yil 1 yanvargacha to‘xtatib turiladi, jinoyat ish doirasida yoki yuridik shaxs tugatilganligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvlari bundan mustasno.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 35
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 59
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 115
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 112
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 0
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 24
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 43
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 42
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 53
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 31
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 330
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 43
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 24
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 35
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 26
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 181
  • Bo‘limlar