“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 19:02
ЎЗO‘Z

So‘lak va plastik yuzasida: koronavirus qancha yashaydi?

19 mar, 22:47 4 878 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
So‘lak va plastik yuzasida: koronavirus qancha yashaydi? Elektron mikroskop vositasida olingan ushbu suratdagi sariq rangli jismlar SARS-CoV-2 virusi bo‘lib, aynan shular COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradi./NIAID
Olimlar koronavirus turli xil yuzalarda qancha muddat yashashini aniqladi.
AQSHlik olimlarning ogohlantirishicha, koronavirus ba’zi yuzalarda uch sutkagacha yashashi mumkin. U eng uzoq muddat po‘lat va plastik yuzalarda saqlanib turadi. Aksirish natijasida havoga tushadigan virion – virus bo‘laklari uch soat davomida yashashga layoqatli bo‘ladi.

AQSH Yuqumli kasalliklar va allergiya bo‘yicha milliy instituti (NIAID) mutaxassislari Xitoy koronavirusi turli xil yuzalarda necha kungacha yashashini o‘rganib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu virus plastik va zanglamaydigan po‘lat yuzasida eng uzoq vaqt saqlanib turadi. Tadqiqot natijalari New England Journal of Medicine jurnalida nashr qilingan.

Tadqiqotchilar koronavirus bilan kasallangan kishi aksirganida va yo‘talganida virus uning atrofidagi buyumlarga qanday ta’sir qilishini modellashtirish yo‘li bilan o‘rgandi. Aksirish vazifasini bajarish uchun ular aerozol sepadigan maxsus qurilmani ishlatishdi. Keyin esa atrofdagi turli xil yuzalarga tushgan virus qanchalik uzoq saqlanib turishini tadqiq etishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, aksirish natijasida tarqaladigan COVID-19 virusi kamida 3 soat davomida yashovchan bo‘lib turadi.

Plastmassa va zanglamaydigan po‘lat yuzaga tushgan virus esa yana uch sutka muddat yashaydi. Virus karton qog‘oz ustida bir sutkaga yaqin, mis ustida esa to‘rt soatgacha yashaydi.

Aksirish va yo‘tal vositasida havoga ajralib chiqqan virus bo‘laklarining yarmi 66 daqiqada halok bo‘ladi. Shunday ekan, aksirilgandan keyin bir necha soat o‘tib ham virus virionlarining bir qismi insonni zararlashi mumkin.

Zanglamaydigan po‘lat yuzasiga tushgan koronavirus bo‘laklarining teng yarmi 5 soatu 38 daqiqadan keyin o‘lik holatga keladi, zarar bermaydi. Plastmass yuzada xuddi shuncha virus bo‘laklarining zararsiz holga kelishi uchun 6 soatu 49 daqiqa talab etiladi.

Karton qog‘oz ustida “yarim yemirilish” davri uch yarim soatda tugaydi (virus bo‘laklarining qolgan yarmi yana bir sutkagacha faol qoladi). Ammo tadqiqotchilar bu natijalar ba’zida farqli chiqishini, shuning uchun ushbu ma’lumotlarni talqin qilishda ehtiyotkor bo‘lish kerakligini aytib ogohlantirgan.

Mis ustiga tushgan virus virionlarining yarmi 46 daqiqada halok bo‘ladi.

Tadqiqotchilar COVID-19 koronavirusining yashovchanligini atipik (noodatiy) zotiljam qo‘zg‘atuvchisining yashovchanligi bilan ham solishtirib ko‘rgan. Natijalar deyarli bir xil chiqqan.

“Bu ushbu ikki virusning epidemiologik (tarqalishga moyil) xususiyati boshqa omillarga asoslanishini ko‘rsatadi (chunki ikkala virusning ham yashovchanligi deyarli bir xil, ammo yuqumliligi ancha farq qiladi)”, deya xulosa qilgan tadqiqot mualliflari.

Bunday omillardan biri – yangi koronavirus bilan kasallangan kishilarda dastlab uning biron alomati ko‘zga tashlanmasligi, ammo yuqori nafas yo‘llarida virus bosimining balandligi tufayli (havo-tomchi vositasida) boshqalarga yuqtirish ehtimoli ko‘p bo‘lishidir.

Avvalroq AQSH Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi direktori Robert Redfild aynan turli yuzalarga tushgan koronavirus bo‘laklari Diamond Princess sayohati kemasida kasallik tarqalishiga sabab bo‘lganini aytgandi.

Umuman olganda, koronavirusning barcha turlari ochiq muhitda yashab qolishga deyarli layoqatsiz bo‘ladi.

Biroq u suvning tarkibida to‘qqiz sutkagacha, sovutilgan va muzlatilgan holatda esa bir necha yilgacha yashashi mumkin. Ultrabinafsha nurlanish (Quyosh nuri), tabiiy yog‘li eritkichlar va muayyan yuvish vositalari esa uni bir necha daqiqa ichida halok qiladi.

Antiseptik vositalar ham koronavirusga qarshi anchagina samarali. Tadqiqot natijalari aslidagidan farq qilishi mumkin, ammo Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) shu asosga ko‘ra tarkibida spirt bo‘lgan antiseptik vositalardan koronavirusga qarshi foydalanishni tavsiya qildi.

Masalan, etanol ko‘plab viruslar, xususan, koronavirus tarkibidagi oqsil qobig‘ini yo‘q qiladi. Oqsil qobig‘i esa virion – virus bo‘lakchalarining yashashi va ko‘payishi uchun asos hisoblanadi.

Ammo agar qo‘l yog‘li yoki o‘ta iflos bo‘lsa – masalan, ovqatlangandan va bog‘da ishlagandan keyin – antiseptiklarning samarasi kamayadi. Bunday holatlarda imkon qadar qo‘lni sovunlab yuvish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, antiseptiklarni pestitsid va og‘ir metallarga qarshi qo‘llash befoyda.

Tarkibida 60%dan kam spirt bo‘lgan vositalardan (alkogolli ichkiliklardan) antiseptik sifatida foydalanmaslik kerak.
Birinchidan, ular turli viruslarga qarshi turlicha samara beradi. Ikkinchidan, alkogol virusni o‘ldirmaydi, shunchaki, uning o‘sishini sekinlashtiradi.

Xitoy koronavirusi ayniqsa keksa insonlar uchun xavfli. Aynan keksa yoshdagilar orasida kasallik bilan og‘riganlarning o‘lim ko‘rsatkichi eng yuqori – 14,8%ni tashkil qilyapti. To‘qqiz yoshdan kichik bolalar orasida o‘lim holati qayd etilmagan. Shu bilan birga kamida ikki holatda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda koronavirus bilan kasallanish qayd etilgan – ular virusni onalaridan yuqtirgan.

39 yoshgacha bo‘lgan yosh guruhida o‘lim darajasi hammasi bo‘lib 0,2%ni tashkil etyapti. Yosh o‘tgan sari bu ko‘rsatkich oshib boradi: qirq yoshlilarda koronavirusdan o‘lish darajasi 0,4%, ellik yoshlilarda 1,3%, yetmish yoshga borganda bu nisbat 8%ga yetadi va uyog‘iga ham o‘sishda davom etadi.

Erkaklar ayollardan ko‘proq o‘lyapti – 2,8% ga 1,7% nisbatida. Shuningdek, ko‘proq yurak qon-tomir kasalliklari, qandli diabet, surunkali nafas kasalliklari bilan og‘riganlar ham koronavirus tufayli vafot etyapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 14
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 12
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 54
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 48
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 47
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 280
  • So'nggi yangiliklar
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 0
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 1
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 16 apr, 18:17 0
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 14
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 12
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 61
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 20
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 216
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 54
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 218
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 132
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 48
  • Bo‘limlar