“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:05
ЎЗO‘Z

Biolog koronavirus pandemiyasining to‘xtash shartini aytdi

19 mar, 14:25 8 524 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Biolog koronavirus pandemiyasining to‘xtash shartini aytdi Foto: «News.liga.net»
Biologiya fanlari doktori, GMU tizimli biologiya maktabi (AQSH) professori Ancha Baranova «RIA Novosti»ga yangi koronavirus epidemiyasi to‘xtashi ikki omilga bog‘liqligini so‘zlab berdi.

Uning aytishicha, birinchi omil — virusning evolyutsiya jarayoni.

«Bilamizki, virus yangi egasida zaiflashadi. Odam esa virusning yangi egasi hisoblanadi. Biz buni boshqa viruslarda, jumladan, koronaviruslarda ham kuzatdik. Ko‘rshapalak virusi odamga o‘tdi, odamdan odamga o‘tganda virus mutatsiyaga uchraydi va bu odatda virusni zaiflashtiradi. Virus odam bilan birga yashashi uchun virus koevolyutsiyasi yuz beradi. Mazkur virus hozir bizga moslashyapti. Bu qancha vaqt davom etishi noma’lum», — deydi Baranova.

Uning fikricha, ikkinchi omil — odamlarda immunitet paydo bo‘lishi, ya’ni tabiiy vaksinatsiya jarayoni.

Baranovaning izohlashicha, aholining taxminan 70 foizi koronavirus bilan kasallansa, virusga qarshi kurasha oladigan antitanachalarga ega odamlar qatlami vujudga keladi. Bunday vaziyatda kasallik yuqishi unchalik ommaviy bo‘lmaydi — hammada immunitet shakllanadi.
koronavirus, pandemiya

Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • So'nggi yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 0
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 0
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 12
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20

  • Bo‘limlar