“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 09:53
ЎЗO‘Z

UzAuto Motors umuman shikoyat tushmasligiga erishish uchun yangi sotuvlar strategiyasini rivojlantirmoqchi

18 mar, 22:00 6 111 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzAuto Motors umuman shikoyat tushmasligiga erishish uchun yangi sotuvlar strategiyasini rivojlantirmoqchi UzAuto Motors kompaniyasi aholini sifatli xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlash, shikoyatlar va salbiy mulohazalarni kamaytirish va kelgusida umuman shikoyat tushmasligiga erishish uchun yangi sotuvlar strategiyasini rivojlantirmoqchi. Bu haqda kompaniya tomonidan bayonot berilgan.

«Bugungi kunda UzAuto Motors kompaniyasi sotuvlar strategiyasini o‘zgartirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirmoqda. Ular doirasida mijozlarga xizmat ko‘rsatish, servis xizmatini bajarish sifatini oshirish va dilerlik tarmog‘ini kengaytirish global dasturini tatbiq etmoqda. Asosiy maqsad — aholini sifatli xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlash, shikoyatlar va salbiy mulohazalarni kamaytirish va kelgusida umuman shikoyat tushmasligiga erishish.

Sotuv va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning asosiy shaxobchalari sifatida, dilerlik markazlari iste’molchi bilan o‘zaro munosabatlarning yagona nuqtasi sanaladi. Sir emaski, bugungi kunda barcha dilerlar ham o‘z funksiyalarini vijdonan bajarmoqdalar, deb bo‘lmaydi. Sifatsiz xizmat taqdim etish holatlari uchrab turmoqda, bu esa, shubhasiz, kompaniya obro‘siga putur yetkazadi. Kafolatli xizmat ko‘rsatishdan bo‘yin tovlovchi yoki dilerning xaridor oldidagi majburiyatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot beruvchi dilerlar uchrab turadi. Aynan shu sababli rasmiy dilerlar tomonidan mijozlarga samarali va sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash — UzAuto Motors kompaniyasi ustuvorliklaridan biridir.

Dilerlar uchun mijozlarga xizmat ko‘rsatishning xalqaro talablarga muvofiq keluvchi yagona standarti ishlab chiqiladi va tadbiq etiladi. Ushbu standartlar nafaqat majburiy sotuvoldi va undan keyingi taomillarni, balki xodimlar xatti-harakatining umumiy madaniyati, savdo zallari bezatilishi, mijozlar uchun qulayliklar yaratish va hokazolarni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, UzAuto Motors tomonidan xizmat ko‘rsatish standartlari va kafolat xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha majburiyatlarni buzuvchi dilerlar uchun jarima qo‘llash tizimi ham ishlab chiqildi. Ushbu tizim qoidabuzarlik turiga qarab jarima qo‘llashni va ko‘p bora (to‘rttagacha) qoidabuzarlik ro‘y bergan holda dilerlik kelishuvi butunlay bekor qilinishini ko‘zda tutadi.

UzAuto Motors eksport dilerlik tarmog‘ini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi, uning doirasida kompaniya eksport bozorlarida «Chevrolet» avtomobillarini ilgarilatish bo‘yicha hamkorlikka taklif etadi.

Dilerlar faoliyatidagi muhim yo‘nalish kompaniyadagi korporativ sotuvlar va servis rivojlanishi sanaladi. Bugungi kunda UzAuto Motors davlat tuzilmalari, har qanday mulkchilik shakliga ega, turli tarmoqlarga tegishli, turfa ko‘lamdagi kompaniyalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va avtomobillar sotilishida va korporativ mijozlar avtoparkiga servis xizmatini ko‘rsatishda maxsus shartlar taklif etadi. Shu sababli, avtomobil sotib olishning maxsus dasturlari doirasida dilerlar har bir korporativ mijozga individual yondoshuvni ta’minlashlari lozim.

Hurmatli xaridorlar, UzAuto Motors kompaniyasi sifatli xizmat ko‘rsatiluvchi zamonaviy dilerlik tarmog‘ini yaratishni o‘zining maqsadi deb bildi. Kompaniya uchun xaridorlar huquqlari buzilishi yoki dilerlik markazlarlarida sifatsiz xizmat ko‘rsatilishining har bir holati haqida bilish ularni bartaraf etish uchun muhim sanaladi.

Agar siz shunday holatlarga duch kelsangiz, tezkor aloqa liniyasi (78) 147 14 14, koll-markaz (78) 141 77 77 yoki @UzAutomoto_bot orqali UzAuto Motors kompaniyasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz», — deyiladi kompaniya tomonidan berilgan bayonotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 359
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 198
  • Ekspertlar: elektromobillar arzonlashib ketadi 03 apr, 08:16 532
  • Avtomobillarni davlat ro‘yxatida o‘tkazish stavkalari oshdi 31 mar, 22:28 645
  • Kimlarga yashil stiker tekshiruvlarsiz beriladi? 30 mar, 19:19 371
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 263
  • So'nggi yangiliklar
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 0
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 1
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 0
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 6
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 12
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 84
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 154
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 42
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 193
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 212
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 322
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 394
  • Bo‘limlar