“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 04:15
ЎЗO‘Z

2020 yilda 130 mingdan ortiq talabani davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish rejalashtirilmoqda

18 mar, 11:30 4 760 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2020 yilda 130 mingdan ortiq talabani davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish rejalashtirilmoqda O‘zbekiston Prezidentining «2020/2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilishning quyidagi umumiy parametrlari ko‘zda tutilgan.

Bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
- kunduzgi ta’lim shakliga — 101 555 nafar;
- sirtqi ta’lim shakliga — 25 863 nafar etib;
-- kechki ta’lim shakliga — 4 368 nafar;
- Magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 10 643 nafar.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yilida ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tasdiqlanadi. Davlat komissiyasiga quyidagi huquqlar beriladi:

- zarurat bo‘lganda, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish uchun davlat buyurtmasi parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
- iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning, shu jumladan, respublikaning olis va borish qiyin bo‘lgan tumanlarining mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar bo‘yicha maqsadli qabul parametrlarini belgilash;
- qaror bilan tasdiqlangan grant o‘rinlari parametrlari doirasida zarurat yuzaga kelgan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritish;
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida oliy ta’lim muassasalarining (o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalaridan tashqari) nufuzi va hududiy joylashuvini hisobga olgan holda bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt minimal miqdorining yagona ko‘rsatkichlarini ta’lim sohalari va respublika hududlari bo‘yicha belgilash.

Qarorga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida ajratiladigan o‘rinlar soni bosqichma-bosqich 2022/2023-o‘quv yiliga qadar 2019/2020-o‘quv yiliga nisbatan ikki barobarga oshiriladi;

Shuningdek, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan qizlar uchun kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tasdiqlangan davlat grantlariga nisbatan 4 foiz miqdorda alohida grant o‘rinlari ajratiladi.

Bundan tashqari, 2020/2021-o‘quv yilida «Matematika», «Tabiiy fanlar» ta’lim sohalari bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari uchun davlat buyurtmasi bo‘yicha qabul to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 91
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 48
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 233
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 239
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar