“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 14:42
ЎЗO‘Z

Koronavirus tufayli kredit qarzlarini qaytarishga imtiyozli davr berish tavsiya qilindi

18 mar, 08:00 5 570 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus tufayli kredit qarzlarini qaytarishga imtiyozli davr berish tavsiya qilindi Markaziy bank koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli tadbirkorlik sub’ektlarida kreditlarni qaytarish bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida barcha tijorat banklariga kredit risklari ta’sirini yumshatish yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, barcha tijorat banklari:
– koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida pul oqimlarining kamayishi yuz bergan va loyihalarni ishga tushirish muddatlari kechikayotgan korxonalar, shu jumladan, turizm va xalqaro yuk tashish sohalari, asosiy kontragentlari koronavirus infeksiyasi eng ko‘p tarqalgan davlatlarda joylashgan korxonalar hamda O‘zbekistonda koronavirus profilaktikasi chora-tadbirlarining amalga oshirilishi bevosita faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan korxonalarga ajratilgan kreditlarni qaytarish imkoniyatlarini to‘liq va puxta o‘rganish;

– o‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda, mijozlarning real pul oqimlari va imkoniyatlari hamda loyihalarni ishga tushirishning kutilayotgan muddatlaridan kelib chiqib, kreditning asosiy qarzini qaytarish bo‘yicha 2020 yil 1 oktabriga qadar imtiyozli davr berish hamda yakuniy to‘lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish yuzasidan kredit shartnoma shartlariga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘rib chiqish tavsiya qilinadi.

Bunda tijorat banklariga yuqoridagi tavsiyalarga asosan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar sifatining tasnifini o‘zgartirmaslik huquqi beriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 22
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 59
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 115
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 112
  • So'nggi yangiliklar
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 8
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 12
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 129
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 21
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 16
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 22
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 18
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 130
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 70
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 74
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 107
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 179
  • Bo‘limlar