“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:33
ЎЗO‘Z

Koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hisoblab chiqilmoqda

17 mar, 23:05 4 618 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hisoblab chiqilmoqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deya e’tirof etilgan koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri, kutilayotgan zarar ko‘lami hisoblab chiqilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 15 mart kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“[Koronavirusning iqtisodiyotga ta’siri] hozir hisoblanyapti. Ayni paytda hech qaysi davlat zarar miqdorini aniq aytolmaydi. Amerika ham, Yevropa ham, boshqasi ham aytolmaydi. Chunki [pandemiya] qancha davom etishini hech kim bilmaydi. Lekin yana bir marta qaytarib aytaman, moliyaviy zaxira bo‘yicha o‘zini hurmat qiladigan har bir davlat budjetida favqulodda holat uchun maxsus mablag‘ zaxiralanadi. Bizda ham xuddi shunday mablag‘ zaxiralangan. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligini jalb qilgan holda turli ssenariylar bo‘yicha [hisob-kitob] tayyorlanmoqda”.

Moliya vaziri Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, koronavirusning keng yoyilishi oqibatida O‘zbekiston iqtisodiyoti qancha zarar ko‘rishiga doir raqamlarni aytishga hali erta.

“Albatta, [pandemiyaning] ta’siri bo‘lishi ehtimoli katta. Bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. Buni aniq raqamlar bilan aytishga hali vaqtli. Lekin har bir davlatning o‘ziga yarasha salohiyatli budjeti bor. Qandaydir ta’sir bo‘lsa, uni hukumat darajasida ko‘rib, nimanidir qisqartirib, xarajatni boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirish – amalga oshirsa bo‘ladigan narsa. Bunday holatlarda albatta [shunday] qilinadi”, - dedi Ishmetov.

Moliya vaziri OAV vakillaridan bunday vaziyatda iqtisodiy masalalar yuzasidan asossiz hisob-kitoblarni e’lon qilish, rasmiy idoralarda ishlamaydigan kishilarning “o‘zicha” qilgan hisob-kitoblarini odamlarga tarqatib, ularni qo‘rqitmaslikni so‘radi. Vazir bu biznes sohasi vakillarini vahimaga solib, narxlarning sun’iy oshirilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Prezident nasos va dvigatel ishlab chiqaradigan korxonaga bordi 25 mar, 23:13 73
  • Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi 25 mar, 18:20 64
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: Bitcoin narxi pasaydi va boshqa o‘zgarishlar 24 mar, 21:29 57
  • O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum qilindi 22 mar, 10:08 117
  • Prezident elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirishga topshiriq berdi 19 mar, 20:07 67
  • So'nggi yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 0
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 55
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 265
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 64
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 144
  • Bo‘limlar