“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 07:36
ЎЗO‘Z

"Hech qaysi domla nikoh o‘qimagach, kitobga qarab o‘zimga-o‘zim sha’riy nikoh o‘qidim..."

17 mar, 15:26 15 655 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Hech qaysi domla nikoh o‘qimagach, kitobga qarab o‘zimga-o‘zim sha’riy nikoh o‘qidim..." A.Akbarov (o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i D.Akbarova (o‘zgartirilgan) bilan qonuniy nikohdan o‘tib, o‘zaro oilaviy kelishmovchilikdan yuzasidan bir-birlari bilan yashamasdan, qonuniy tartibda ajrashmasalarda, xuquqbuzar A.Akbarov fuqarolarning sha’riy nikohlarini o‘qishlik uchun ruxsatnomasi bo‘lmasada, “O‘lmasxon” ismli qiz bilan sha’riy nikoh o‘qib olib huquqbuzarlik sodir etgan.

Huquqbuzar A.Akbarov sudda, 2018 yil 2 may kuni Quva tumani, Bo‘ston ko‘chasida yashovchi D.Akbarova bilan qonuniy nikoh asosida turmush qurganligini, o‘zaro oilaviy kelishmovchiliklar sabab janjallashib, D.Akbarova uyiga ketib qolgani, har ikki taraf ham oilani saqlab qolish uchun harakat qilmaganligini, shundan so‘ng 2020 yil 10 yanvar kuni “Dilobar” ismli qiz bilan sha’riy nikox o‘qitish uchun bir nechta domlaga borganligini, biroq domlalar nikoh qog‘ozi bo‘lmaganligi uchun keskin rad qilishganligini, shundan so‘ng o‘zi sha’riy nikoxni o‘qiganligi, lekin sha’riy nikoh o‘qish uchun ruxsatnomasi yo‘qligini, hozirda harakati noqonuniy ekanini tushunib yetganini bildirgan.

Sudda huquqbuzar A.Akbarovning qonuniy turmush o‘rtog‘i D.Akbarova sud muhokamasida, 2018 yil 2 may kuni A.Akbarov bilan qonuniy tartibda turmush qurganligini, hozirda bir necha oydan buyon oilaviy kelishmovchiliklar sababli birga yashamayotganligini, o‘zi hozirgi kunda ota-onasi bilan birga yashayotganligini, 2020 yil yanvar oyida sobiq turmush o‘rtog‘i A.Akbarov o‘zi bilan qonuniy ajrashmay turib, boshqa ayol bilan sha’riy nikoh asosida yashayotganini bilgani, hozirda sobiq turmush o‘rtog‘i A.Akbarovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.
Sud ishni atroflicha ko‘rib chiqib huquqbuzarga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Muqaddam Quva tumanida joylashgan jom’e masjidlarining imomlari, shuningdek diniy bilimlari bor ba’zi bir “shaxslar” tomonidan ham bir necha marotaba noqonuniy sha’riy nikoh o‘qish holatlari ham kuzatilgan va tegishli tartibda jazoga tortilgan edi.
Shundan so‘ng Quva tuman ma’muriy sudi tomonidan imomlar bilan uchrashib, tegishli tartibda imomlar va diniy bilimga ega bo‘lgan “shaxslar” ga tushuntirish ishlari olib borishi so‘ralgan edi.

Huquqbuzar A.Akbarov sudda bir nechta domlani oldiga borib iltimos qilganligini, biroq ular nikoh qog‘ozi bo‘lmaganligi uchun qat’iy ravishda rad etganligini, iloji qolmaganidan so‘ng o‘ziga-o‘zi kitobga qarab o‘qiganligini aytib o‘tgan. Sud, Quva tuman imom xatiblari tomonidan huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha o‘tkazayotgan profilaktikasi samara berganligidan mamnun bo‘lib, kelgusida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha bor imkoniyatini ishga soladi.

Quva tuman ma’muriy sudi raisi
A.Jumayev




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 0
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 1
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 87
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 312
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 140
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 107
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 0
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 1
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 65
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 28
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 45
  • Bo‘limlar