“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:35
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 8 nafarga yetdi

16 mar, 19:50 5 449 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 8 nafarga yetdi Foto: Anadolu Ajansi
O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori bo‘lgan ayolning qarindoshlaridan birida va 14 mart kuni Londondan Toshkentga kelgan bir o‘zbekistonlikda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan o‘zbekistonliklar soni 8 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus yuqishi bilan bog‘liq yana ikki holat haqida xabar berdi.

«Shu yilning 15 mart kuni Virusologiya ilmiy tekshirish instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida, shuningdek, uning o‘g‘li va qizi, turmush o‘rtog‘i va nabirasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini xabar qilgan edik.
Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan qarindoshida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning 14 mart kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasiga qarashli London–Toshkent yo‘nalishidagi 201-reys bilan kelgan yurtimiz fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat o‘rnatilgan. Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirgan ilk bemor 15 mart kuni aniqlandi, u 11 mart kuni Fransiyadan kelgan o‘zbekistonlik ayol bo‘ldi. Kun oxiriga borib uning o‘g‘li va qiziga ham virus yuqqani tasdiqlandi. Shuningdek, 15 mart kuni soat 05:15da Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi 274- reys bilan Toshkentga kelgan yana bir O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

16 mart kuni Parijdan kelgan ayolning oila a’zolaridan yana ikki nafarida virus aniqlandi - uning turmush o‘rtog‘iga va nabirasiga koronavirus yuqqan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 130dan ortiq mamlakatida jami 174 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlangan, ularning 78 mingga yaqini sog‘ayib ketgan, qurbonlar soni 6685 nafar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 25
  • So'nggi yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 0
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 55
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 265
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 64
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 144
  • Bo‘limlar