“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 16:17
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Ulamolar Kengashining koronavirus bo‘yicha fatvosi e’lon qilindi

16 mar, 17:23 4 083 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Ulamolar Kengashining koronavirus bo‘yicha fatvosi e’lon qilindi Avval xabar qilganimizdek, kecha Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kasallikni keng tarqalib ketmasligi uchun turli ommaviy tadbirlar, sayllar, o‘yinlar bekor qilindi. Shuningdek, Hukumat tomonidan barcha diniy idoralarga diniy marosimlarni o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha tavsiya etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi yirik islomiy tashkilotlar va ulamolarning fatvo va xulosalari asosida quyidagi fatvoni qabul qildi:

“Dinimizda insonning joni, e’tiqodi, aqli, moli va obro‘yini saqlash muhim asoslardan biridir. Mana shu jihatlarga zarar yetadigan holatlarda shariat o‘z ko‘rsatmalarini insoniyatga yengillatadi.

Alloh taolo Qur’oni karimda “O‘zingizni halokatga duchor qilmang. Ehson qiling, albatta Alloh ehson qiluvchilarni xush ko‘radir” (Baqara surasi, 195-oyat) deydi. Bu oyatda halokatga sabab bo‘ladigan ishlardan to‘xtashga buyurilgan.

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “Zarar berish ham va zarar ko‘rish ham yo‘q” deganlar (Imom Moja, Imom Doraqutniy rivoyatlari).

Demak, hadisi sharifda inson o‘ziga yoki o‘zgalarga zarar keltiradigan sabablardan uzoq bo‘lishga buyurilgan.

Mo‘’tabar fiqhiy kitoblarimizda: “Zararni daf qilish foydani jalb qilishdan oldinga qo‘yiladi”, “Mashaqqat yengillatishni talab etadi” kabi fiqhiy qoidalar keltirilgan. Shulardan kelib chiqib, shariat insonga zarar yetish ehtimoli kuchaygan paytda o‘z ko‘rsatmalarini yengil tarzda bajarishga ruxsat beradi.

Shariatimiz ko‘rsatmalariga ko‘ra, favqulodda vaziyatlar yuz berganda, masalan, qattiq shamol, izg‘irin sovuq bo‘lganda masjid jamoatiga chiqmaslik uzr hisoblanadi. Bunga quyidagi hadis dalil bo‘ladi:

Abdulloh Ibn Horis raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Ibn Abbos raziyallohu anhu qattiq yomg‘ir yoqqan kunda muazzinlariga shunday dedilar: “Ashhadu alla ilaha illalloh”, “Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh”ni aytganingizdan keyin “Hayya ’alas solah”ni aytmang, balki uyingizda namoz o‘qinglar deb ayting”. Shunda ba’zi odamlar bundan norozi bo‘lishdi. U zot: Bu gapimdan ajablandingizmi? Vaholanki, bu narsani mendan ko‘ra yaxshiroq Zot (ya’ni, Rasululloh) qilganlar. Albatta jamoat namozi qat’iy hukmdir, lekin men sizlarni uylaringizdan chiqib, loy va balchiqlarni bosib yurishingizni xush ko‘rmayman”, dedilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi barcha musulmonlarni quyidagilarga chaqiradi:
– Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgungacha juma namozlari o‘rniga uyda peshin namozini o‘qisinlar. Shuningdek, besh vaqt namozlarni ham uyda ado etsinlar.
– Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida xonadonlarda o‘qilsin.
– Masjidlarda namoz vaqtini bildirish uchun azon o‘z vaqtida aytilsin.
– Mo‘min-musulmonlar imkon qadar kasallikni tarqalishining oldini olishga o‘z hissalarini qo‘shsinlar.
– Har bir musulmon ibodatlar va duolarda Alloh taolodan ushbu kasallikni daf qilishini so‘rab, ixlos bilan iltijo qilishlari lozim.
– Dinimiz poklikka buyurar ekan, kasallikning oldini olish borasidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilish har bir musulmonning vazifasidir.
– Karantin davrida masjidlar va tahoratxonalarda Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalari asosida davriy dezinfeksiya ishlari o‘tkazilsin.

Bunday vaziyatlarda oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur vositalarni narxini oshirish, sun’iy ravishda taqchillikni yuzaga keltirish hamda aholi o‘rtasida turli vahimali xabarlarni tarqatish shar’an haromdir.

Ushbu fatvo virus aniqlangan musulmon mamlakatlar hamda boshqa o‘lkalardagi yirik islomiy tashkilotlar va ulamolarning ushbu masaladagi fatvo hamda xulosalarini hisobga olgan holda qabul qilindi.

Alloh taolo ushbu kasallikni tez kunlarda bartaraf etishini hamda xalqimiz hayotini tinchlik va osoyishtalikda davom etishini nasibu ro‘zi aylasin! Omin!


Shuningdek, bu ehtiyot choralari vaqtincha bo‘lib, mo‘min-musulmonlarimiz to‘g‘ri tushunishlari, epidemik holat barqaror bo‘lgandan so‘ng jamoat bo‘lib ibodatlar davom ettirilishi ma’lum qilindi.
Ulamolar Kengashi, fatvo, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 63
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 92
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 554
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 519
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 75
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • Bo‘limlar