“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 10:00
ЎЗO‘Z

Koronavirus: kasallikning homilador ayollarga ta’siri qanday?

16 mar, 16:33 4 638 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus: kasallikning homilador ayollarga ta’siri qanday? Spirt tanaga kirgan viruslarni yo‘q qila olmaydi, ishlatilgan niqoblarni qayta ishlatib bo‘lmaydi.

Tanaga spirt yoki xlor purkash koronavirusni yo‘q qila oladimi?
Yo‘q, tanaga spirt yoki xlorni purkamaslik kerak. Ular tanaga kirgan viruslarni yo‘q qila olmaydi. Aksincha, ulardan foydalanish kiyim, ko‘z va og‘iz uchun zararli bo‘lishi mumkin. Spirt va xlordan foydalanish tavsiya etilgan o‘rinlarda qo‘llanilsa, spirt yuzalarni dezinfeksiyalash uchun foydali bo‘ladi;

Koronavirus uzoq masofalarga havo orqali tarqalishi mumkinmi?
Yo‘q, koronavirus uzoq masofalarga havo orqali tarqalmaydi. Bu virus asosan yo‘talgan yoki aksirgan paytda kasal odamning og‘zidan yoki burnidan sachragan tomchilar orqali yuqadi. Bu tomchilar og‘ir bo‘lgani uchun havo orqali uzoq masofalarga yetib borishi mumkin emas. Lekin o‘sha yo‘tal yoki aksa urishdan sachragan tomchilar tekkan sirtga yoki narsaga tegib, keyin qo‘lini ko‘zga, og‘izga yoki burunga tekkizgan odamga ham yuqishi mumkin. Shuning uchun qo‘llarni spirtli vositalarda tez-tez tozalash yoki ularni sovun bilan yuvib turish kerak.

Ishlatilgan niqoblarni qayta ishlatish mumkinmi? Niqoblarni qo‘lni dezinfeksiyalash vositasi bilan dezinfeksiya qilish mumkinmi?

Yo‘q, ishlatilgan niqoblarni qayta ishlatish yoki ishlatilgandan keyin dezinfeksiyalash mumkin emas. Nafas yo‘li yuqumli kasalligiga chalingan, jumladan, koronavirus yuqtirib olgan kishi bilan muloqotda bo‘lsangiz, niqobning tashqi tarafiga infeksiya tushgan bo‘ladi. Shuning uchun niqobning o‘sha tashqi tarafiga qo‘l tekkizmay turib, undan xalos bo‘lish kerak. Niqobni yechgandan keyin qo‘llarni spirt bilan ishqalash yoki sovunlab yuvish shart.

Homilador ayollar koronavirus infeksiyasiga ko‘proq moyil bo‘ladimi yoki infeksiya asoratlari ularga ko‘proq ta’sir qiladimi?

Homilador ayollarning koronavirusga chalinish ehtimoli ko‘proq ekani yoki infeksiya asoratlariga ko‘proq moyil ekani haqida aniq tasdiqlangan ilmiy-tadqiqotlar xulosasi yo‘q. Lekin umuman olganda, homilador ayollarda immunitet biroz pasayishi yoki boshqa fiziologik o‘zgarishlar kuzatiladi, natijada ular nafas yo‘llari infeksiyasiga nisbatan ko‘proq zaiflashib qolishi mumkin. Shuning uchun gigiyena qoidalariga amal qilgan holda bu virusning ularga yuqishidan ehtiyot bo‘lish kerak: qo‘llarni doim yuvib yurish, kasallanganlardan chetlanish kerak.

Bu ma’lumotlar maxsus ishga tushirilgan “Koronavirusinfo” kanalida taqdim etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 302
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 423
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 99
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 246
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 183
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 217
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 0
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 93
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 72
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 75
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 69
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 67
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 99
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 44
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 148
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 276
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 94
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 223
  • Bo‘limlar