“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 04:47
ЎЗO‘Z

Doimiy propiskasi bo‘lmagan fuqarolarning ko‘chmas mulkni umumiy mulk asosida olishi taqiqlab qo‘yilishi mumkin

16 mar, 16:54 3 491 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Doimiy propiskasi bo‘lmagan fuqarolarning ko‘chmas mulkni umumiy mulk asosida olishi taqiqlab qo‘yilishi mumkin Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini yanada soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanishi mumkin.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Ichki ishlar, Mudofaa, Adliya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi 2020 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston fuqarolarini doimiy propiska qilish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish tartib-taomillarini avtomatlashtirilishini hamda idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi.

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi ko‘chmas mulk ob’ektlarining manzillari yagona reyestriga muvofiq foydalanilishini ta’minlaydi.

Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolarini doimiy propiska qilish bilan bog‘liq harakatlarni idoralararo elektron hamkorlik orqali “Yagona darcha” tamoyili asosida “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshirishni ta’minlaydi.

Belgilanishicha, idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy propiska qilish bilan bog‘liq harakatlar:
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatida – 2020 yil 1 iyuldan;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi.

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Ichki ishlar, Adliya, Mudofaa, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi bilan birgalikda:

2020 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatda — ariza beruvchilar tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabinet orqali doimiy propiska bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish mexanizmini joriy qiladi;

Ichki ishlar vazirligi ushbu qarorning qo‘llanilishi yuzasidan monitoring olib boradi va tahlil qiladi hamda zaruriyat bo‘lganda, doimiy propiska bilan bog‘liq idoralararo ma’lumot almashinuvi tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda 2021 yilning 1 yanvariga qadar:

Mudofaa vazirligining “Avtomatlashtirilgan axborot tizimi va ma’lumotlar bazasi” tizimini joriy etish uchun tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlarini himoyalangan yagona tarmoqqa ulanishini ta’minlaydi;

Ichki ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Mudofaa vazirligining “Avtomatlashtirilgan axborot tizimi va ma’lumotlar bazasi” avtomatlashtirilgan tizimni “Manzil” hamda “Xorijga chiqish pasporti” tizimlari bilan integratsiya qilishni ta’minlaydi.

Ichki ishlar vazirligi axborot tizimini Oliy sud axborot tizimi bilan integratsiya qilish choralarini ko‘radi.

O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq doimiy yashash joylarida propiskadan o‘tishlari va (yoki) turgan joylarida hisobda turishlari shart.

Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, turgan joyi bo‘yicha hisobga olinmaganligi yoki doimiy propiskada turmaganligi fuqaroga xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanishi mumkin emas.

Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kunidan e’tiboran o‘n kun ichida doimiy propiskaga yoki hisobga turish uchun hujjatlarni ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga (MvaFRB) taqdim etishlari shart.

Tug‘ilgan bola FHDYO organi tomonidan unga tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomani rasmiylashtirish chog‘ida otasi yoki onasining doimiy propiska manziliga idoralararo avtomatlashtirilgan tizim orqali ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan doimiy propiska qilinadi.

16 yoshga to‘lmagan fuqaro ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning doimiy propiska manziliga doimiy propiska qilinishi yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga qo‘yilishi shart.

Fuqarolarni doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rasmiylashtirish uchun tegishincha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashab turgan joylariga yaqin bo‘lgan MvaFRBga murojaat qilishlari mumkin.

“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalari ro‘yxatining 1 (Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - xususiy mulk qilib olingan uy-joyga), 6 (Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lgan fuqarolar — ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzil bo‘yicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda) va 7-bandlariga (Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan fuqarolar — ular Toshkent viloyatida boshqa manzil bo‘yicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda) mansub fuqarolar elektron ko‘rinishda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali davlat xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) MvaFRBga o‘zi kelib murojaat etganda:
-10 foizi – Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
-qolgan mablag‘lar – Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi;

b) YAIDXP orqali murojaat etganda:
-10 foizi – Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
-10 foizi – prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisobraqamiga o‘tkaziladi;
-10 foizi – Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
-qolgan mablag‘lar – Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi.

Fuqarolarni doimiy propiska qilish Ro‘yxatga muvofiq amalga oshiriladi.
Ro‘yxatda nazarda tutilmagan shaxslar toifasi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni umumiy mulk asosida olishiga qaratilgan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish, shuningdek, garovga (ipotekaga) qo‘yish, ko‘chmas mulkdan (ko‘chmas mulkning bir qismidan) voz kechish va ko‘chmas mulkni o‘zgaga berishning boshqa usullariga oid bitimlarni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolarning ushbu hududlarda doimiy propiskadan o‘tishlarida qonunchilikda belgilangan bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalariga rioya etilishi shart.

Qonunchilikda belgilangan turar-joy maydonining ijtimoiy normasi bir kishi hisobiga o‘n olti kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – yigirma uch kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda bo‘lishi talab etiladi.

Qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy olgan fuqarolar Ro‘yxatning 1-bandiga asosan doimiy propiska qilinadi.

Uy-joy mulkdor(lar)i doimiy propiskadan o‘tish uchun MvaFRB quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
-uy-joy kadastr hujjatlari (kadastr pasporti, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma);
-mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ariza yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
-pasport yoki ID-karta, yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
-harbiy hisob hujjatlari.

Ro‘yxatning 1 va 8-bandlari asosida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari Ro‘yxatning 2 va 5-bandlari asosida doimiy propiska qilinadi.

Qarindoshlar doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga Ro‘yxatning 2-bandiga (Qarindoshlar — o‘zlarining to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga) muvofiq doimiy propiska qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 218
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 52
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 146
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 149
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 94
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 125
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 205
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 99
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 123
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 149
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 164
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 218
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • Bo‘limlar