“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 17:22
ЎЗO‘Z

Moskvada Munisa Rizayeva ishtirokidagi konsert bekor qilingani noroziliklarga sabab bo‘ldi

16 mar, 11:20 6 089 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Moskvada Munisa Rizayeva ishtirokidagi konsert bekor qilingani noroziliklarga sabab bo‘ldi Foto: «SB.uz»
Xonanda Munisa Rizayeva va ozarbayjonlik qo‘shiqchi Uzeyir Mehdizodaning 8 mart kuni Moskvada o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti taqdim etilmadi. Bu holat konsertga chipta sotib olgan muxlislar, shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi.

«Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov mazkur vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Munisa Rizayevaning ma’muri Dilmurod Sattorovga murojaat qildi. U tashkilotchilar zarur texnik vositalardan birini topa olmagani uchun, konsert aprel oyi o‘rtalariga qoldirilganini ma’lum qildi.

«Tarmoqlarda tarqalayotgan ‘Munisa bilet olganlarni chuv tushirdi’, ‘uxlatdi’, degan mazmundagi har-xil gap-so‘zlarning barchasi asossiz. Bu Munisaning yakkaxon dasturi emas edi. Tashkilotchilar Munisa va Uzeyir ikkalasi ishtirokida 2,5 soatlik konsert uyushtirishni belgilashgandi. Unda Munisa bir soatu 15 daqiqa qo‘shiq aytardi, xolos. Biz hech narsaga aralashmaganmiz. Barchasi tashkilotchilar zimmasida bo‘lgan. Agar dastur Munisaning bir o‘ziga tegishli bo‘lib, konsert o‘tkazilmaganida, turli shubhalarga borish mumkin edi», — dedi u.

Uning ta’kidlashicha, Moskvadagi konsert tashkilotchilari O‘zbekiston Madaniyat vazirligi vakillari bilan uchrashib, qonuniy shartnomalar imzolangan. Xonanda bu konsert uchun gonorar olmagan, xizmat haqi konsert boshlanishidan bir necha soat avval taqdim etilishiga kelishilgan edi.

Dilshod Sattorovning alohida qayd etib o‘tishicha, bilet olganlarga mablag‘lari qaytarilmoqda.
«Ko‘pchilik biletni internet orqali xarid qilgan ekan. Tashkilotchilar onlayn bilet sotib olganlar hisob raqamiga pullarni o‘tkazishni boshlagan. Naqd pulga bilet xarid qilganlarga ham pullari qaytariladi yoki apreldagi konsertga bilet beriladi. Qisqasi, qo‘lida bileti borlar sira xavotirlanishmasin. Hech kim ‘uxlatib’ ketilmaydi, hamma rozi qilinadi. Kimda-kim bilet pulini ololmayotgan bo‘lsa, bizga yoki tashkilotchilarga murojaat qilsin. Ularga pullari yuz foiz qaytariladi», — deya qo‘shimcha qildi Sattorov.
Munisa Rizayeva, konsert, Moskva




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 135
  • Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi 15 apr, 15:39 86
  • Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda: ular qayerlarga boradi? 15 apr, 09:09 120
  • Kutilmagan yakun bilan tugaydigan 7 ta film 09 apr, 17:43 160
  • Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar (foto) 08 apr, 11:44 240
  • Siz bilgan mashhur Jeki Chan bugun 70 yoshga to‘ldi! (video) 07 apr, 22:14 193
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 0
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 0
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 69
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 21
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 143
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 82
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 37
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 94
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 62
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 42
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 221
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 194
  • Bo‘limlar