“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:57
ЎЗO‘Z

DSQ raisi: O‘zbekistonda birorta ham bozor yopilmaydi, importga cheklov yo‘q

16 mar, 07:50 2 913 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DSQ raisi: O‘zbekistonda birorta ham bozor yopilmaydi, importga cheklov yo‘q Koronavirus tufayli oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi haqidagi vahimalar asossiz. Importdan keladigan mahsulotlarga hech qanday cheklov yo‘q, deb ma’lum qildi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev.
O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan aholida tug‘ilayotgan qator savollarga javob olish uchun Kun.uz muxbiri Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev bilan suhbatda bo‘ldi.

«Narx-navo oshishiga nimalar sabab bo‘ladi? Bu – vahima, qo‘rquv. Ertaga uyimda hech narsa qolmaydi, shuning uchun 6 oylik, kerak bo‘lsa, ayrim hollarda 1 yillik, yo‘q deganda 3 oylik mahsulotlarni yig‘ib qo‘yaylik, degan vahima bozorda mahsulotlarning kamayib ketishiga olib keladi va natijada nima bo‘ladi? Tabiiyki, narx-navo oshib boradi», – deydi Behzod Musayev.

U chakana savdo sohasidagi ikki yirik tarmoq rahbarlari bilan gaplashganini aytdi.
«Bosh vazir yig‘ilishidan keyin shaxsan o‘zim respublikadagi 2ta katta tarmoq, biri Korzinka bo‘lsa, ikkinchisi Makro`ning rahbarlari bilan gaplashdim. Haqiqatda ularning bugungi monitoringi odam ko‘pligini ko‘rsatyapti. Guruch bormi, meva-sabzavotlar bormi, go‘shtmi – hammasini olishni harakatiga tushishgan. Bu – vahima kasali.

Bitta narsani aniq aytishim kerak: ertaga shu odamlar bozorga boradi. Respublika bo‘yicha birorta bozor yopilmaydi. Hammasi qanday ish rejimida ishlayotgan bo‘lsa, shu ish rejimida davom ettiradi.

Avvalambor, bozorlarimizda mahsulot mo‘l-ko‘l. Buni hamma biladi. Bunga butun dunyoda bizga havas qiladi. Ana shu mo‘l-ko‘l mahsulotlar turgan joyida yig‘ib qo‘yib, 5 litrlik yog‘ bir oilaga 3 oyga yetadi. Lekin hozir 5ta 5 litrli yog‘ni olib qo‘yishning nima keragi bor?

Ikkala tizim rahbari ham mahsulotlarimizning yetarli darajadagi zaxirasiga ega ekanini aytdi. Mahsulot sotilishiga qarab, peshtoqlarni to‘ldirib boramiz. Hech qanday muammo bo‘lmaydi, dedi
», – deb ta’kidladi Soliq qo‘mitasi rahbari.

Behzod Musayev mahsulotlar importi to‘xtatilmasligini ham qo‘shimcha qildi.
«Korzinka savdo tarmog‘ining rahbari menga masala ko‘tardiki, peshtaxtalardagi ayrim mahsulot turlari importdan keladi. Ularga cheklov bo‘lmaydimi dedi. Rossiya, Qozog‘iston, g‘arbdan keladigan import mahsulotlari ko‘p. Importdan keladigan mahsulotlarga hech qanday cheklov yo‘q.

Bu bo‘yicha hozirgina Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bilan birgalikda muloqot qildik. U ham hamma chegara postlarini masofadan nazorat qilish imkoniyatiga ega. Uning aytishicha, respublikaga kirib kelayotgan birorta oziq-ovqat mahsulotlari tirbandligi, sanitar nazorat sababli ortiqcha vaqt ushlanib qolishi holatlari yo‘q
», – dedi Behzod Musayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 51
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 109
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar