“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:25
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4 nafarga yetdi

16 mar, 06:45 5 622 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4 nafarga yetdi Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan o‘zbekistonlik ayolning oila a’zolaridan olingan tahlil natijalariga ko‘ra, bemorning o‘g‘li va qizida COVID-2019 infeksiyasi borligi aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, 15 mart, yakshanba kuni Fransiyada bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlik ayolda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng, ayol bilan muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi yotqizilgandi. Undan tashqari, shu reysda kelib, O‘zbekistonda qolgan yo‘lovchilarning bari aniqlanib, umumiy hisobda 150 kishi izolyatsiyaga olingani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi 15 mart, yakshanba kuni soat 05:15 da Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi 274- reys bilan Toshkentga kelgan yana bir O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida ma’lum qildi.

«Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda. Nazorat kuchaytirilmoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekiston, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 0
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 197
  • So'nggi yangiliklar
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 0
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 69
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 24
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 68
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 197
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 110
  • Bo‘limlar