“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:52
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston milliy jamoasining o‘yini bekor qilindi

15 mar, 00:30 1 848 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston milliy jamoasining o‘yini bekor qilindi 15 mart kuni O‘zbekistonda ilk koronavirus holati aniqlangach, barcha ommaviy tadbirlar, xususan sport va futbol musobaqalari rasman bekor qilindi. Shu jumladan, milliy jamoasining o‘rtoqlik o‘yini ham o‘tkazilmaydi.

«O‘zbekiston va Tojikiston milliy jamoalari o‘rtasida 31 mart kuni Toshkentda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ushbu o‘rtoqlik uchrashuvini koronavirusning tarqalishi xavfi tufayli bekor qildi», - deya xabar bermoqda Tojikiston futbol federatsiyasining rasmiy sayti.

Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi 31 mart kuni JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Yamanga qarshi safarda to‘p surishi lozim edi. Ammo ushbu bahsning bekor qilingani va Tojikiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi haqida O‘FA tomonidan ma’lumot berilmagandi.

Shuningdek, 26 mart kuni Toshkentda Armaniston milliy jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgandi. Bu bahs ham katta ehtimol bilan bekor qilinishi mumkin.

Oldinroq, FIFA OFK bilan kelishgan holda JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan o‘yinlarni qoldirishga qaror qilgan, ammo milliy jamoalar o‘zaro kelishgan holda o‘yin ishtirokchilari xavfsizligi ta’minlanishi sharti bilan uchrashuvlarni o‘z vaqtida o‘tkazishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. FIFA koronavirus tarqalish xavfi sabab shunday qarorga kelgan. Yuqorida ko‘rsatilgan muddatda O‘zbekiston uchta o‘yin o‘tkazishi kerak edi va endilikda Yaman (31 mart), Singapur (4 iyun) va Saudiyaga qarshi (9 iyun) o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart kuni O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Tribuna.uz sayti muxbiri bilan suhbatda Superliga va futbol uchrashuvlarining qoldirilishi masalasida 16 mart kuni navbatdan tashqari O‘FAda yig‘ilish o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 796
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 644
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 980
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 260
  • Gruziya ilk marotaba Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 27 mar, 02:20 211
  • O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarni mag‘lubiyatga uchratdi 27 mar, 02:13 455
  • So'nggi yangiliklar
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 75
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 32
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 63
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 269
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 67
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 62
  • AQSH davlat kotibi Moskvadagi teraktga izoh berdi: «ISHID hamon katta tahdid bo‘lib turibdi» 28 mar, 10:44 73
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 289
  • Putin «Crocus City Hall»dagi terakt tufayli oliy martabali kuchishlatarlarning iste’fosini tayyorlamoqda 28 mar, 09:48 292
  • Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi 28 mar, 09:22 43
  • Turkiya harbiylari Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 5 nafar terrorchini yo‘q qildi 28 mar, 08:57 51
  • Amerikalik ekspert: AQSH dunyoni boshqaramiz deb o‘ylaydi 28 mar, 08:22 236
  • Bo‘limlar