“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 20:50
ЎЗO‘Z

Andrey Shipilov: "Metallurg" "Paxtakor" darajasidagi jamoa emas"

14 mar, 22:30 2 105 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andrey Shipilov: "Metallurg" "Paxtakor" darajasidagi jamoa emas" Superliga 3-turida "Paxtakor" - "Metallurg" bahsidan keyin mehmonlar murabbiyi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
-“Paxtakor”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz 2 turni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdik, lekin bugun bizga mobil shakllangan o‘zbek futbolining yetakchilaridan biri to‘qnash keldi. Bugun daraja o‘z so‘zini aytdi. Stadionga kelganlar ko‘rishdi, bizda 30 daqiqagacha darvozani ishg‘ol etish uchun qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Gol ura olmadik va o‘tkazib yubordik. Ahmoqona 2-gol, to‘rtinchisi esa umuman tushunarsiz. 3:0 bo‘lib turganida ajoyib to‘p kiritdik, yana gol urishga vaziyatlar bo‘ldi, zaxiradan foydalanishga ham ulgurmadim va to‘rtinchisini qabul qildik.

Butun hafta davomida bu boshqa jamoa, raqibga nafas olish, boshini ko‘tarishga imkon bermaslik kerak deb uqtirgandim. Mahorat, individiul mahorat baribir o‘z so‘zini aytdi. Statistikaga qaraydigan bo‘lsak, bugun bizda yetarlicha standart vaziyatlar bo‘ldi. Ishlashda davom etamiz, bu endigina 3-tur. Hech qanday xavotir yo‘q, xafa qilgani esa tajribali futbolchilarimizning men o‘ylagan darajadek o‘ynay olishmagani bo‘ldi. “Paxtakor”ni juda yaxshi o‘rgangandik. “Buxoro”, “Navbahor”ni ko‘rganimi yo‘q, “Spartak” bilan o‘yinni tomosha qilgandim. Barcha holatlar, kamchiliklarni shu o‘yindan tahlil qildik. Bugun esa ularning deyarli barchasi o‘yin davomida bajarildi. Yagona narsa to‘p darvozaga kirmadi.

Tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketganimizda, bahs boshqacha bo‘lgan bo‘lardi. Buni aniq ayta olaman. Boisi, qanday raqib bo‘lmasin barchasini o‘rganib chiqamiz – “Surxon”, Qo‘qorn-1912”, “Paxtakor” … Men va murabbiylar shtabi “Paxtakor”ning chempionatdagi, Ligadagi o‘yinlari, futbolchilarining termadagi ishtirokini diqqatlik bilan taxlil qilib boramiz. Imkoniyatlarimiz cheklangan, ammo undan maksimum tarzda foydalanamiz. Hozir kiyim almashtirish xonasiga kirib, hech kimga tanbeh berishni istamadim. “Paxtakor” o‘z o‘yinini namoyish etadi, barchasi tanish holat. Biroq, individual mahorat shu kabi o‘yinlarning mikrolahzalarida hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.

- 1- va 2-o‘yinda “Metallurg”da hujum hamda himoyada bog‘liqlik bor edi, bugun esa bu ko‘rinmadi?
- Bunga to‘g‘ri e’tibor beribsiz. Bugun tarkibda biroz o‘zgarish yuzaga keldi. Ammo bu 11 o‘yinchi bilan butun mavsumni o‘tkazish mumkin degani emas. Tarkibda rotatsiya amalga oshirmoqdamiz, bugun Ixtiyor To‘shpo‘latov chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynadi. U juda yaxshi harakat qildi va men undan qoniqish hosil qildim. Doniyor Narzullayev kuchayib bormoqda. Ixtiyor ham Narzullayev ham bizda 3 oydan beri o‘ynamoqda. Chumak mashg‘ulotlar vaqtida kutilmagan tarzda jarohat oldi, uni asradim va uning 2-taymda tushishi o‘yin suratini o‘zgartirdi. Salamat o‘yin ritmiga biroz tushmay qoldi, ammo u 2 tur natijasiga ko‘ra o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan edi.

Jamoaviy o‘yin intizomi birinchi o‘rinda turadi. "Metallurg" "Paxtakor" darajasidagi jamoa emas. Tarkibida bir qancha terma jamoa o‘yinchilari jam bo‘lgan “Paxtakor” kabi jamoaga qarshi yana intizomliroq o‘ynash zarur bo‘ladi. O‘ylashimcha, bahsga agressiv jihatdan to‘g‘ri yondasha olmadik. 1-taymdan keyin va o‘yin tugaganidan so‘ng kiyim almashitirish xonasiga kirib, shogirdlarimga 1-daqiqadan boshlab, to 95-daqiqaga qadar o‘ynash zarurligini tushuntirib o‘tdim. Kichik Shipilovda diskvalifikatsiya bo‘lmaganida, u bugun o‘ynagan bo‘lardi. Chumak esa jarohati bois 2 kun davomida mendan ineksiya olishga ruxsat so‘radi. Hech qanday fors-major holat yo‘q, agarda hammasi joyida bo‘lganida ular bugun asosiyda tushgan bo‘lishardi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 77
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 50
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 22
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 96
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 77
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 157
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 146
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 184
  • Bo‘limlar