“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 18:30
ЎЗO‘Z

Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirganlar soni oshib bormoqda

14 mar, 18:40 5 170 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirganlar soni oshib bormoqda Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni olti kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Dias Axmetsharip.

Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirganlar soni hozircha olti nafar, ulardan to‘rt nafari Olma-otada, ikki nafari Nur-Sultonda karantinga olingan“, — dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili.

Shuningdek, statsionar karantindagi fuqarolar soni 1090 kishini, uy karantinidagilar soni – 452 kishini tashkil etayotgani qo‘shimcha qilingan. Shu bilan birga, XXR va mamlakatga chegaradosh bo‘lgan davlatlardan kelayotgan fuqarolar monitoringi davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, dunyoning 138 ta davlatida koronavirusni yuqtirganlik bo‘yicha 145 321 holat qayd etilgan, shu jumladan, XXRda – 80 813 holat, ulardan — 3 176tasi o‘lim bilan yakunlangan. Sog‘ayganlar soni 64 111 kishini tashkil qilgan (79,3%). Statsionarlarda 13 526 bemor qolmoqda.

Boshqa davlatlarda – 64 502 (shu jumladan, sayohat laynerlarida ham) holat qayd etilgan, ulardan – 2 238 o‘lim bilan yakunlangan(3,4%).
Italiyada – 17 660 holat, vafot etgan – 1 439; Eronda – 11 364 holat, vafot etgan – 514; Janubiy Koreyada — 7 979 holat, vafot etgan – 71.
Fransiyada – 3 661 holat, vafot etgan – 79; Ispaniyada – 5 232 holat, vafot etgan – 133; Germaniyada – 3 675 holat, vafot etgan – 8.

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda quyidagi profilaktika choralariga amal qilishga chorlab qoladi:
- qo‘llarni va yuzni tez-tez sovunlab yuvish;
- odamlar to‘planadigan joylarga bormaslik;
- kasal odamlar bilan aloqa qilishdan qochish;
- shamollash kasalligi belgilari paydo bo‘lganida (tana harorati ko‘tarilishi, yo‘tal, tomoqdagi og‘riq) zudlik bilan uyga tez yordam chaqirish lozim.
koronavirus, Qozog‘iston




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 6
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 41
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 106
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 56
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 37
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 6
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 13
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 40
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 34
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 46
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 29
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 33
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 88
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 52
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 151
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 33
  • Bo‘limlar