“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 17:49
ЎЗO‘Z

Toshkentda massajchilik niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar qo‘lga olindi

12 mar, 23:05 7 570 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda massajchilik niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar qo‘lga olindi Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahrida internetda massaj xizmatini taklif qilib, aslida mijozlarga intim xizmat ko‘rsatgan ayollar fosh etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 11 mart, chorshanba kuni, IIBB xodimlariga internet saytlaridan birida Sevara ismli qiz massaj xizmatini taklif qilib, aslida mijozlarga intim xizmatlar ko‘rsatayotgani haqida ma’lumot kelib tushgan. Ma’lumot asosida o‘tkazilgan tadbirda Sevara ismli mazkur qiz qo‘lga olingan va u aslida 27 yoshli Ozoda J. ekanligi aniqlangan. Qiz haqiqatan ham internetga mazkur e’lonni joylashtirganini tan olgan.

Ozoda J.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (Fohishalik bilan shug‘ullanish)ga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va Shayxontohur tumani IIBga jo‘natilgan.

IIBB tomonidan ma’lum qilinishicha, xuddi shunday choralar 30 yoshli Dinara A.ga nisbatan ham qo‘llanilgan. Mazkur ayol ham internetda massaj niqobi ostida intim xizmatlar taklif qilgan.

Shuningdek, 11 mart kuni kechki payt o‘tkazilgan tadbirda Chilonzor tumani hududida joylashgan go‘zallik salonida kosmetologiya va oddiy massaj xizmatidan tashqari, tashrif buyuruvchi erkaklarga intim xizmatlar ham ko‘rsatilishi aniqlangan. Tadbir chog‘ida salonda massajchi bo‘lib ishlagan 20 yoshli Odina D. mazkur salonda ko‘rsatilgan intim xizmat uchun 100 ming so‘m olayotganda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Mazkur salonda Odina D.dan tashqari, 30 yoshli Umida B. rahbarligida ishlaydigan 20-32 yosh oralig‘idagi yana besh nafar ayol borligi hamda ular ham massajchi niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan materiallar Chilonzor tumani IIBga yuborilgan. Umida B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik yoki fohishaxona saqlash)ga asosan ish qo‘zg‘atilgan. Boshqa massajchi ayollarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (Fohishalik bilan shug‘ulanish)ga asosan ish qo‘zg‘atilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 0
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 0
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 0
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 0
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Bo‘limlar