“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 09:44
ЎЗO‘Z

Avtomobil uchun to‘liq to‘lov qilishga ulgurmaganlarning shartnomasi bekor qilinadimi?

12 mar, 18:28 5 605 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtomobil uchun to‘liq to‘lov qilishga ulgurmaganlarning shartnomasi bekor qilinadimi? UzAuto Motors kompaniyasi avtomobil oldi-sotdi shartnoma shartlarini belgilangan muddatda bajarmagan, ya’ni 100% to‘lovni amalga oshirmagan yuridik hamda 85% oldindan to‘lovni to‘liq taqdim etmagan jismoniy shaxslarning shartnomasini bekor qilmaslik uchun choralar ko‘rmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati tomonidan xabar qilindi.

Xabarda aytilishicha, agarda ijobiy qaror qabul qilinsa, avvaldan shartnomasi mavjud bo‘lgan xaridorlarga avtomobil eski narxda yetkazib beriladi.

«Hurmatli xaridorlar!
Shu kunlarda UzAuto Motors kompaniyasiga avtomobil oldi-sotdi shartnoma shartlarini belgilangan muddatda bajarmagani uchun shartnomalari bekor qilingan, ya’ni 100% to‘lovni bajarmagan yuridik hamda 85% oldindan to‘lovni to‘liq taqdim etmagan jismoniy shaxslardan murojaatlar kelib tusha boshladi.

Narxlarning so‘ngi o‘zgarishi hamda xaridorlarning sharoitini inobatga olgan holda, UzAuto Motors kompaniyasi kuzatuv kengashi tomonidan ushbu muammoni hal qilish, xususan xaridor tomonidan shartnoma shartlari buzilganiga qaramay uni bekor qilmaslik bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, shartnoma bo‘yicha to‘liq hajmda to‘lov amalga oshirmagan xaridorlarga avtomobil shartnomada ko‘rsatilgan narx bo‘yicha yetkazib beriladi.

Shuningdek UzAuto Motors barcha xaridorlardan shartnomani imzolashdan oldin shartnomaning barcha shartlarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqish va ularga qat’iy rioya qilishni so‘raydi. Bizni to‘g‘ri tushunishingizdan umidvormiz», — deyiladi murojaatda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 128
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 168
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 135
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 201
  • Ekspertlar: elektromobillar arzonlashib ketadi 03 apr, 08:16 536
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 0
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 0
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 4
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 21
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 8
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 23
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 73
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 180
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 385
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 118
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 124
  • Bo‘limlar