“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 17:53
ЎЗO‘Z

Afg‘oniston prezidenti mamlakatda bosh vazir lavozimini bekor qildi

11 mar, 18:25 2 961 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Afg‘oniston prezidenti mamlakatda bosh vazir lavozimini bekor qildi Foto: Foto: Mohammad Ismail / Reuters
Dushanba kuni G‘ani qasamyod qildi va Afg‘oniston prezidenti lavozimiga rasman kirishdi. Saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olmagan Abdulla Abdulla shu kuni parallel ravishda davlat rahbari sifatida inauguratsiya marosimini o‘tkazdi.

Afg‘onistonning qayta saylangan prezidenti Ashraf G‘ani mamlakat rahbarligiga bo‘lib o‘tgan saylovlar natijalarini tan olmagan Abdulla Abdulla egallab turgan bosh vazir lavozimini bekor qildi. Bu haqda Afg‘oniston prezidentining rasmiy vakili Sidiq Sidiqiyga tayanib TOLOnews telekanali xabar berdi.

Dushanba kuni G‘ani qasamyod qildi va Afg‘oniston prezidenti lavozimiga rasman kirishdi. Saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olmagan Abdulla Abdulla shu kuni parallel ravishda davlat rahbari sifatida inauguratsiya marosimini o‘tkazdi.

Bosh vazir lavozimiga teng ijrochi hokimiyat rahbari lavozimi 2014 yil sentabrda ikki siyosatchi o‘rtasidagi kelishuv doirasida ta’sis etilgandi. O‘shanda ham Abdulla Abdulla prezidentlik saylovlarida G‘anidan mag‘lubiyatga uchraganini tan olmagandi.

Afg‘onistonda 28 sentabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Mamlakatning amaldagi rahbari Ashraf G‘ani saylovda 50,64 foiz ovoz to‘plab g‘olib chiqdi. Uning raqibi Abdulla Abdulla saylov natijalarini tan olmadi va o‘zini g‘olib deb e’lon qildi.

Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 1
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 0
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 0
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 0
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • So'nggi yangiliklar

  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 96
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 114
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 153
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 70
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Bo‘limlar