“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 09:54
ЎЗO‘Z

Avtomobil egalaridan olinadigan yig‘imlar miqdori qanday tasdiqlanadi?

11 mar, 08:32 3 160 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtomobil egalaridan olinadigan yig‘imlar miqdori qanday tasdiqlanadi? Moliya vazirligi huzurida Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi tashkil etilgan. Unda to‘planadigan mablag‘lar loyihalash, yo‘l-qurilish ishlarini, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi, deb yozmoqda Norma.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va poytaxt hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzurida esa avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalari tashkil etilgan. Ularning mablag‘lari shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarida, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarida loyihalash, yo‘l-qurilish, ta’mirlash va ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Qabul qilingan hujjat bilan quyidagi tartibni belgilovchi Nizom tasdiqlandi:
- ushbu jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish, boshqarish, maqsadli yo‘naltirish, foydalanish tartibi;
- jamg‘armalarning daromadlari va xarajatlari prognozini ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibi;
- mablag‘lardan foydalanish hisobi va nazorat qilish tartibi.

Respublika va hududiy jamg‘armalar mablag‘larini boshqarish uchun alohida tuzilmalar tashkil etildi:
- Moliya vazirligi markaziy apparatida – 10 shtat birligidan iborat boshqarma;
- hududiy moliya boshqarmalari tarkibida – 2 nafar xodimdan iborat sektorlar.

Bundan tashqari, avtomobilga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalari tomonidan avtomobil benzini, dizel yonilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi iste’molchilarga realizatsiya qilishda yonilg‘i birligi uchun 25 so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga maxsus yig‘im miqdorlari masalasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish mexanizmi aniqlashtirildi.

Yig‘imlar miqdorining jamoatchilik muhokamasi uchun hududiy hokimliklar har yili 1 aprelga qadar:
- QHTBT portalida tegishli qaror loyihasini joylashtiradi;
- o‘zlarining rasmiy veb saytlari va ijtimoiy tarmoqlar, xususan, hududiy TV orqali yoritadi, gazeta va jurnallarda chop etadi;
- jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha maxsus tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi.

Jamoatchilik muhokamasi natijalari kamida ikki oy o‘rganiladi. O‘rganish yakunlariga ko‘ra, hududiy hokimliklar o‘z takliflarini tayyorlaydi hamda 15 iyunga qadar xalq deputatlari Kengashlari navbatdagi sessiyasiga taqdim etadi. Ular tomonidan ma’qullangandan so‘ng tegishli hokimlik yakuniy qaror qabul qiladi.

Hujjat 5.03.2020 yildan kuchga kirdi.
Avtomobil, yig‘im




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 359
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 198
  • Ekspertlar: elektromobillar arzonlashib ketadi 03 apr, 08:16 533
  • Avtomobillarni davlat ro‘yxatida o‘tkazish stavkalari oshdi 31 mar, 22:28 647
  • Kimlarga yashil stiker tekshiruvlarsiz beriladi? 30 mar, 19:19 371
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 263
  • So'nggi yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 0
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 0
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 0
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 25
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 43
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • Bo‘limlar