“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 22:16
ЎЗO‘Z

“Navbahor” nazorat uchrashuvida “Istiqlol”ga mag‘lub bo‘ldi

11 mar, 06:56 2 780 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Navbahor” nazorat uchrashuvida “Istiqlol”ga mag‘lub bo‘ldi uperliga qatnashchisi Namanganning “Navbahor” jamoasi bugun o‘z maydonida sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Andrey Kanchelskis boshqaruvidagi “lochinlar” vodiy derbisi oldidan PRO-Liga vakili “Istiqlol” bilan kuch sinashdi.

Namangandagi “Markaziy” stadionda kechgan bahsda bosh murabbiy asosan kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan futbolchilarga imkoniyat berdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. “Navbahor”ning rossiyalik 26 yoshli legioneri Ruslan Bolov yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, mehmonlar posboni Xurshid Xodjayevni dog‘da qoldirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida “Istiqlol” futbolchilari kambek qildi.

Dastlab qanot yarim himoyachisi Rustam Abduhamidov hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, keyinchalik “Navbahor”ning sobiq hujumchisi Mo‘ydin Mamazulunov ham muvaffaqiyat qozondi. Shu tariqa qiziqarli kechgan norasmiy derbisida farg‘onaliklar irodali g‘alabaga erishdi. Darvoqe, “Istiqlol” bosh murabbiyi Sergey Lebedev darvozabonlar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirish maqsadida bungacha asosan Superliga klublarida o‘ynab kelgan tajribali posbon Xurshid Xodjayevni jamoaga taklif etgan.

“Navbahor” tarkibiga esa yaqinda Samarqandning “Dinamo” jamoasidan Mirkomil Loqayev kelib qo‘shilganini ko‘rish mumkin.

“Navbahor” – “Istiqlol” 1:2.
Gollar:
Ruslan Bolov, 10 – 1:0. Rustam Abduhamidov, 86 – 1:1. Mo‘ydin Mamazulunov, 90 – 1:2.

“Navbahor”: 23. Dilshod Hamroyev, 2. Mirkomil Lokayev, 5. G‘iyosjon Komilov, 8. Javlon Ibrohimov, 18. Sardor Telyakov, 20. Amirbek Jo‘raboyev, 33. Tohir Shamsitdinov, 70. Mirzohid Mirzamahmudov, 72. Pavel Golishev, 88. Ruslan Bolov, 94. Anvarjon Hojimirzayev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 4. Shahzodbek Hamidov, 6. Sodiqjon Ortiqov, 77. Husayn Ergashboyev.

“Istiqlol”: 46. Xurshid Xodjayev, 5. Abduxoliq Qurbonov, 7. Umid Qodirov, 8 Sardor Sotvoldiyev, 14. Rustam Abduhamidov, 19. Fayzullo Jumanqo‘ziyev, 20 Ulug‘bek Xudoyberdiyev, 44. Xushnud Bozorov, 78. Umar Adhamzoda, 99. Timur Mamatmurodov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nodir Ashurmatov, Ahror O‘ktamov, Mo‘ydin Mamazulumov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 10
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 92
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 66
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 94
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 258
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 260
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 9
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 60
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 35
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 77
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 71
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 33
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 132
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 92
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 90
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 175
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 66
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 126
  • Bo‘limlar