“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:57
ЎЗO‘Z

Koronavirus tarqalishi sur’ati havo haroratiga bog‘liqligi aniqlandi

10 mar, 21:53 8 771 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus tarqalishi sur’ati havo haroratiga bog‘liqligi aniqlandi Foto : Torontosun
Xitoylik olimlar yangi turdagi koronavirus harorat Selsiy bo‘yicha 8,72 daraja bo‘lganda eng tez sur’atlar bilan tarqalishini aniqlashdi.
Bu haqda South China Morning Post nashrida ma’lum qilindi.

Olimlar o‘tkazgan tadqiqot Xitoyning 400 shahri va hududidan olingan ma’lumotlarga asoslangan. Olimlar virusning 20 yanvardan 4 fevralgacha tarqalishi ko‘lamini tahlil qilishgan. Ular kasallanganlar sonini havo harorati bilan solishtirishgan.

Natijada olimlar issiq mamlakatlarda koronavirus sekinroq tarqalishi haqidagi xulosaga kelishgan.
Virus yuqori haroratga juda ta’sirchan. Bu uning issiqroq mamlakatlarda tarqalishiga to‘sqinlik qiladi”, deyilgan tadqiqotda.

Shu bilan birga, koronavirusga chalinish statistikasi virus sovuq va quruq iqlimdan tortib tropik iqlimgacha turli sharoitlarda tarqalishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, bahor va yoz kelishi bilan havo haroratining ko‘tarilishi koronavirusga chalinish sur’atlari pasayishini kafolatlamaydi. Shu sababli davlatlar epidemiyaga qarshi o‘z xavfsizlik choralarini ishlab chiqishlari kerak.

Bu orada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti direktori Mayk Rayan epidemiya o‘z-o‘zicha o‘tib ketishini kutmaslik kerakligini aytgan. “Virus gripp kabi o‘tib ketadi deb o‘ylash – yolg‘on umid. Biz buni kuta olmaymiz. Buning isboti yo‘q”, deb aytgan Rayan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar