“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 09:11
ЎЗO‘Z

Jamshid Qo‘chqorov: «Xalqaro bozorlarda yuzaga kelgan vaziyatni so‘mning almashuv kursiga ta’siri hozircha neytral»

10 mar, 10:13 2 860 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jamshid Qo‘chqorov: «Xalqaro bozorlarda yuzaga kelgan vaziyatni so‘mning almashuv kursiga ta’siri hozircha neytral» 9 mart kuni Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank hamda Moliya vazirligi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida jahon moliya va xom ashyo bozorlaridagi oxirgi o‘zgarishlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov xabar berdi.

U o‘tkazilgan muhokamalar natijalari bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi:

“Gaz narxining pasayishi (neft narxining pasayishi sababli) va ayrim mamlakatlar milliy valyutasining devalvatsiyasi eksport tushumlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan birga neft va gaz narxi pasayishining ichki bozorga ijobiy ta’siri ham o‘rganib chiqiladi. Xalqaro tovar va moliya bozorlarida yuzaga kelgan vaziyatni so‘mning almashuv kursiga ta’sirini hozircha neytral deb baholaymiz.

Gaz narxi pasayishi sababli Davlat budjeti daromadlarining yo‘qotishlari oltin narxining yuqori ekanligi hisobiga to‘liq qoplanadi. Umuman olganda, Davlat budjeti barcha majburiyatlarini to‘liq ta’minlash imkoniga egadir.

Mazkur masala bo‘yicha asosiy savdo hamkor davlatlarimiz rasmiy idoralarining 9 martdagi bayonotlarini, asosiysi, ularning makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga bo‘lgan jiddiy rejalarini ijobiy baholaymiz.

Xalqaro moliya va tovarlar bozorlarida yuzaga kelgan qaltis vaziyatning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirining ko‘lami birinchi navbatda ushbu tebranishlarning qanchalik uzoq muddat davom etishiga bog‘liqdir.

Yuzaga kelgan vaziyatning O‘zbekistondagi makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sirini minimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kirishildi. Shu maqsadda uchta idora vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhi tuzildi.

Fursatdan foydalanib shuni ma’lum qilmoqchimizki, joriy yilning 13 mart kuni Moskva shahrida MDH davlatlari iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda ushbu masalani tashqi savdo bo‘yicha asosiy hamkor davlatlarimiz vakillari – hamkasblarimiz bilan yana bir bor muhokama qilib olamiz.

Ishchi guruhi va tegishli idoralar jahon moliya va xom ashyo bozorlaridagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib boradilar va ommaviy axborot vositalari orqali ma’lumot berib turadilar”, - deb yozadi vazir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 97
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 210
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 131
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 73
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 213
  • So'nggi yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 0
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 0
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 0
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 25
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 43
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • Bo‘limlar