“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 02:42
ЎЗO‘Z

Deputatlar jarima oshirilishiga qarshi chiqmoqda

10 mar, 09:34 2 098 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Deputatlar jarima oshirilishiga qarshi chiqmoqda Foto: parlament matbuot xizmati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘plab qonun loyihalari qatori «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.

Loyihada tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga yo‘l bermaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka oid yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish maqsadida tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun yo‘l bergan transport vositalari haydovchilarini javobgarlikdan ozod qilish bo‘yicha qoida kiritish taklif etilgan.

Haydovchilarni ijtimoiy mas’uliyat nuqtai nazaridan yo‘l qoidasini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etish adolat prinsiplariga mos ish, deyish mumkin.

Qonun loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1285-moddasi transport vositalari haydovchilarining ko‘k yoki ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketishiga xalaqit berishi uchun javobgarlik kiritilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishni belgilash taklif etilmoqda.

Shuningdek, ushbu moddaning uchinchi qismi sanksiyasida yigirma baravari miqdorida belgilangan jarima miqdorini yigirma besh baravarga oshirish, taklif etilgan.

Mas’ul qo‘mitada o‘rganib chiqilayotgan qonun loyihasi bo‘yicha deputatlar maxsus xizmatlarning transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketishiga xalaqit berishi uchun javobgarlikni kuchaytirishdan oldin, bunday harakatlanish uchun yo‘llardagi infratuzilmani yaxshilash zarurligini bildirmoqdalar.

Shuningdek, deputatlar bunday qoidabuzarlik uchun amalda bo‘lgan jarimalarni oshirish maqsadga muvofiq emasligini ma’lum qilib, mavjud jarimalar miqdorining o‘zi ham ko‘pgina xorij mamlakatlariga nisbatan yuqori ekanligini ta’kidlashmoqda.

Ayni paytda qonun loyihasi yuzasidan deputatlarning takliflarini inobatga olgan holda tegishli qo‘mitaning xulosasi tayyorlanmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Kusherbayev: «Yolg‘on ma’lumotlar tarqatganlik uchun jazo senzurani kuchaytirishi mumkin» 14 mar, 17:09
  • Yolg‘on ma’lumotlar tarqatganlik uchun jarima joriy etiladi 14 mar, 10:40
  • Jinoyat kodeksidan ikkita modda chiqarib tashlanadi 09 mar, 10:01
  • To‘y o‘tkazish tartibini buzganlik uchun qancha jarima solinishi ma’lum bo‘ldi 25 fev, 15:28
  • Davlat soliq qo‘mitasi: O‘tgan hafta davomida 4 ming 150 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi 08 iyul, 16:04
  • Avtotransport vositasini olib qochganlik uchun jazo kuchaytirilmoqda 07 okt, 17:18
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Chilonzor hokimi yolvorib vazifalarni bajarishga va’da bergani uchun uni ishdan bo‘shatmaganini aytdi 17 yanv, 00:23 445
  • Rossiyada plombalari olinmagan 26 yillik «Jiguli» yangi BMW X3 narxida sotuvga qo‘yildi (foto) 16 yanv, 23:50 374
  • B12 vitamini yetishmasligining ko‘zga tashlanmaydigan belgisi ma’lum bo‘ldi 16 yanv, 23:15 395
  • Eldor Shomurodov eng zo‘r murabbiy kimligini aytdi 16 yanv, 22:48 445
  • Piter Xyuistra: Yangi futbolchilar keladi, ammo... 16 yanv, 22:22 672
  • Eldor Shomurodov «Jenoa»dagi muvaffaqiyatli start haqida: «Men endigina yo‘lning boshidaman» 16 yanv, 21:50 673
  • «Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit» — Jismoniy tarbiya va sport vazirligi antiqa bayonot berdi 16 yanv, 21:21 1 070
  • Pavel Durov 30 milliardlik sarmoyani rad etdi 16 yanv, 21:00 436
  • «Qamchiq» dovonida «Mercedes-Benz» yonib ketdi (foto) 16 yanv, 20:30 361
  • Lukashenko: «O‘tgan yil bizlarga niqob taqdi, biroq ayrimlarning yuzidagi niqobni sidirib tashladi» 16 yanv, 20:00 401
  • Otabekov: “COVID-19 ning yangi shtammi odamlarni xavotirga solyapti – u bolalarda ko‘p uchramoqda” 16 yanv, 19:24 856
  • Qurilish vaziri sohadagi korrupsion sxema haqida gapirdi 16 yanv, 18:48 603
  • Bo‘limlar