“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 18:17
ЎЗO‘Z

Prezident kambag‘allikni qisqartirish uchun nima qilish kerakligini aytdi

09 mar, 12:20 3 990 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident kambag‘allikni qisqartirish uchun nima qilish kerakligini aytdi Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida kambag‘allik muammosi va uni qisqartirish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

«Muhtarama opa-singillar!

Xabaringiz bor, mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish ustuvor vazifa etib belgilandi va bu yo‘nalishda keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirishni boshladik.

Bir haqiqatni aniq tushunib olishimiz kerak: kambag‘allikni qisqartirish uchun birinchi navbatda ishsizlikni kamaytirish kerak. Avvalo, aholini zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning iqtisodiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda, ayniqsa ayollarimizda tadbirkorlikka ishtiyoqni uyg‘otish zarur.

Biz bu borada jahon hamjamiyati tajribasini atroflicha o‘rganib, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Ayni vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa davlatlar bilan tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish, kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha shu yilning o‘zida 700 million dollarlik dasturlarni amalga oshirishni ko‘zda tutmoqdamiz.

Shu kunlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi boshchiligida tuzilgan respublika ishchi guruhi viloyatlarda bo‘lib, turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan xotin-qizlarning ahvolini har bir hudud bo‘yicha aniq tahlil qilib, ularga amaliy ko‘mak bermoqda.

Ishchi guruh tomonidan qishloq joylarda yashayotgan ayollarning, mustaqil hayotga kirayotgan qizlarimizning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya qilish, ularga har tomonlama yordam berish bo‘yicha har bir mahalla kesimida dasturlar ishlab chiqilib, ijrosi tashkil etilmoqda.

Ishchi guruhning kunu tun uzluksiz ishlaydigan, xotin-qizlarning murojaatlarini qabul qiladigan «Ishonch telefonlari» yoki zamonaviy tilda aytganda, «Koll-sentr» faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Endi mamlakatimizning istalgan shahar yoki qishlog‘idan, chekka ovullardan ham ayollarimiz 1211 qisqa raqamini terib, ushbu markazga bevosita murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Biz buni xalq bilan samarali muloqot olib borish yo‘lidagi boshlagan ishlarimizning mantiqiy davomi, deb baholaymiz
», — dedi Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 105
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 147
  • So'nggi yangiliklar
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 102
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 174
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 168
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 206
  • Bo‘limlar