“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 05:46
ЎЗO‘Z

Sobiq mahkuma: “Bu yil 8 mart kunini oilam bag‘rida o‘tkazadigan bo‘ldim“

08 mar, 11:43 3 392 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sobiq mahkuma: “Bu yil 8 mart kunini oilam bag‘rida o‘tkazadigan bo‘ldim“ O‘zbek xalqiga xos bo‘lgan bag‘rikenglik, mehr-oqibat, kechirimlilik, qoqilgan insonga yordam berish, imkoniyat taqdim etishdek olijanoblik tuyg‘ulari shu kunlarda yurtimizning har bir go‘shasida ko‘zga tashlanmoqda. Bunday ezgu fazilatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan bir guruh mahkuma ayollarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonida yana bir bor o‘z in’ikosini topdi.

Unga ko‘ra, yanglishib jinoyat sodir etgan, ayni kunda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, axloqini qat’iy tuzatish yo‘liga o‘tgan, hozirda jazo muddatini o‘tayotgan 83 nafar ayollar afv etildi. Ularning 12 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadigan bo‘ldi. 29 nafari esa ijro muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 17 nafar mahkumaga tayinlangan hukm yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Ularning 25 nafariga tayinlangan jazoning muddatlari qisqartirildi.

Kuni kecha Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 42-sonli jazoni ijro etish manzil koloniyasi va 21-sonli jazoni ijro etish koloniyasida ushbu Farmon ijrosiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan 200 nafarga yaqin mahkumalarga bayram sovg‘alari ulashildi. Afv etilib, ozodlik havosidan to‘yib-to‘yib nafas olayotgan davlatimiz rahbarining ushbu Farmonidan behad xursand ekanliklarini izhor etdilar. Keling, ulardan ayrimlarining dil so‘zlariga quloq tutamiz.

21-sonli jazoni ijro etish koloniyasidan ozodlikka chiqqan Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi Sholpan Nurtayeva xursandchiligini shunday ta’riflaydi:

— Menga bugungi bayram qo‘shaloq keldi. Qalbimdagi quvonch va hayajonni to‘liq ko‘rsata ololmasam kerak. Muhtaram Prezidentimizdan bir umr minnatdorman. Xudoga beadad shukr, bu yil 8 mart kunini oilam bag‘rida o‘tkazadigan bo‘ldim. Menga bildirilgan ishonchni, ko‘rsatilgan hurmat va ehtiromni halol mehnatim, namunali turmush kechirishim bilan oqlayman.

Baratova Zarina esa Chirchiq shahridan. U 42-sonli manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgandi. OZODLIK. Naqadar totli so‘z... Zarinaning ko‘zlaridagi quvonch yoshlari har qanday tosh yurakni eritadi. Albatta, bu jamiyatimizdagi adolat tamoyillariga ishonch, o‘z kelajagiga bo‘lgan qat’iy umid tufayli balqigan xursandchilikdir.

—Juda-juda baxtiyorman. Uyda olti nafar farzandim meni intiqlik bilan kutyapti. Endi ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanaman. Hayotda xato qilmaslikka so‘z beraman. O‘z yaqinlari va farzandlaridan judolikda yashash naqadar og‘ir ekanligini anglab, bizga yana bir bor imkoniyat bergan davlat rahbaridan juda minnatdorman, ularning haqqiga so‘nggi nafasimgacha xayrli duodaman.

Zangiotadagi 21-sonli jazoni ijro etish koloniyasidan avf etilgan yana bir mahkuma Inamova Maxaram Erkinovna esa Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi. U biz bilan suhbatda shunday dedi:

— Chet el fukarosi bo‘lishimga va og‘ir jinoyat sodir etganligimga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan afv etildim. Bu mamlakatingiz rahbari muhtaram Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan olijanob islohotlarning hayotiy ko‘rinishidir. Qilmishimdan pushaymonligim, xatolarimni tan olganim va bu yo‘lga boshqa qadam bosmasligim inobatga olindi. Bayramni yaqinlarim davrasida nishonlayman. Hademay, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik, ayyomi Navro‘z ham kirib keladi. Bugungi afv aslida bu bayramga o‘zbek xalqining qanchalar samimiy ekanligi, uning tamoyillariga amal qilishining isbotidir. Bag‘rikeng, mehmondo‘st, elparvar o‘zbek qardoshlarim dunyo turguncha tursin. Uning muruvvatli, ilm-ma’rifatli, Prezidenti hamisha omon bo‘lsin!

Afv etilgan mahkumalar bu yerdan o‘z oilasi, ota-onasi, farzandlari bag‘riga qaytdi. Endi ular jamiyatda qayta o‘z o‘rini topib, mehribon ona, suyukli beka, oqibatli farzand bo‘lish baxtiga musharraf bo‘ladilar.
Ularning yuzlarida balqigan quvonchi, ko‘zlaridagi sevinch va sog‘inch yoshlari endi faqat ezgulik va baxtli kunlar uchundir.

Ularning duolari, jamiyatga va adolatga, odamlarga bo‘lgan qat’iy ishonchi endi faqat ezgulikka yetaklaydi deb ishonamiz. Zero, davlatimiz barqarorligi, insonparvarlik g‘oyalariga sodiqligi, fuqarolik jamiyati rivoji yo‘lidagi amaliy natijalari Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Manba: Xs.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 53
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 148
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 40
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 230
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 93
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 36
  • So'nggi yangiliklar
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 1
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 101
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 69
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 186
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 301
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 26
  • Bo‘limlar