“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 04:08
ЎЗO‘Z

Volkovning mashhur asarini O‘zbekistonga qaytarish shartlari aytildi

06 mar, 17:50 3 687 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Volkovning mashhur asarini O‘zbekistonga qaytarish shartlari aytildi Rossiyalik san’atshunos, zamonaviy va qadimiy rus san’ati va arxitekturasi mutaxassisi, Andrey Rublev muzeyi direktori Mixail Mindlin yo‘qolgan madaniy boyliklarni qaytarish mexanizmlari haqida gapirdi.

O‘zbekiston 10 yil oldin mamlakatdan olib chiqib ketilgan Aleksandr Volkovning asarini (Kukuruza shumit) restitutsiya jarayonini boshlashga tayyor. 2016 yil Farg‘ona viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyida saqlanayotgan asarlarning tanlanma inventarizatsiyasi o‘tkazildi. Tekshiruv davomida ishchi guruh a’zolarida O‘zbekiston rassomi Aleksandr Volkovning mashhur asari shubha uyg‘otdi.

Ushbu holat yuzasidan respublikadagi vakolatli organlar tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari hozirgacha davom etmoqda.
Madaniyat vazirligi xalqaro institutlarni jalb qilgan holda asarning restitutsiyasi jarayonini amalga oshirish borasida ish olib bormoqda. Tegishli muassasalarga xat yuborilgan.

Rossiyalik san’atshunosning fikriga ko‘ra, dunyoda madaniy boyliklarni qaytarish jarayoni murakkab bo‘lsa-da, ma’lum mexanizmlar ishlab chiqilgan. Asosiysi - asarni soxtalashtirish va o‘g‘irlash faktini rasmiy tasdiqlash zarur.

Madaniy boyliklar egasiga qaytarilishi kerak, buning uchun asosiysi ular noqonuniy ravishda olib chiqilganligini isbotlash zarur. Volkovning asari holatida san’atshunoslik ekspertiza natijalari, shuningdek, asarning asl nusxasining olib chiqilishini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinadi. Turli mamlakatlarda madaniy boyliklarning o‘ziga xos mezonlari mavjud, ularning asosida olib chiqiladi. Ba’zi eksponatlar uchun, masalan 50 dan 100 yilgacha bo‘lganlar uchun Rossiyada maxsus ruxsatnoma talab qilinadi, agar asar 100 yildan katta bo‘lsa, uni olib chiqish mutlaqo taqiqlanadi”, - deb tushuntirdi Mindlin.

Mutaxassis agar asar yo‘qolgani haqida rasmiy ravishda ma’lum qilinsa, asar haqida ma’lumot xalqaro huquq tartibot organlariga beriladi deb ta’kidladi.
mashhur asar, rassom, Aleksandr Volkov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 279
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 312
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 120
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 436
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 136
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 86
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 44
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 23
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 103
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 100
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 65
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 203
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 285
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 160
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 106
  • Bo‘limlar