“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 09:53
ЎЗO‘Z

Samarqandda ham hokimlikka ayol kishi tayinlandi

06 mar, 09:50 3 314 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda ham hokimlikka ayol kishi tayinlandi Foto: Samarqandda ham hokimligi
Shu kunga qadar Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Muzaffar Kozimovich Hoshimov o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Gavhar Zoyirovna Alimova nomzodi Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Gavhar Alimova Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1989 yilda Jomboy tumanidagi 16-maktab yo‘riqchiligidan boshlagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kompleksi mutaxassisi, avvalgi “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2018 yildan 2020 yilgacha Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, yaqindan boshlab esa Samarqand viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Shu tariqa, O‘zbekistonda amaldagi ayol hokimlar soni olti nafarga yetdi.

Bungacha Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumaniga Zulayho Mahkamova, Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga Dilfuza Uralova, Buxoro viloyati Olot tumaniga Nargiza Ne’matova, Andijon viloyati Bo‘ston tumaniga Sadbarxon Mamitova, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumaniga Maqsuda Mustafoyeva hokim etib tayinlangan edi.
Gavhar Alimova, Kattaqo‘rg‘on, hokim




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 228
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 138
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 216
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 125
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 110
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 0
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 0
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 4
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 21
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 8
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 23
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 73
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 180
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 385
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 118
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 124
  • Bo‘limlar