“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 23:43
ЎЗO‘Z

8 Mart bayrami qanday kelib chiqqan?

07 mar, 09:20 22 935 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
8 Mart bayrami qanday kelib chiqqan? Bahor — bayramlar bilan boshlanadi. Ko‘klamning ikkinchi haftasida — 8 martni nishonlaymiz. Xo‘sh, munis onalarimiz, xotin-qizlar bayramini nishonlashimizning sababi nimada? Nega ayollar bunchalik ulug‘lanadi? Xuddi shu kuni butun dunyo ayollari bayram qiladilarmi yoki... Bu savollarga javob topish uchun tarixga nazar tashlaymiz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “ayol”arabcha so‘z bo‘lib, “oila” kalimasi bilan o‘zakdoshdir. Biroq 8 martga nisbatan “ayol” so‘zi emas, balki xotin-qizlar degan so‘z keng qo‘llaniladi.

Bu kun o‘tmishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, xotin-qizlar bayrami ularning o‘z huquqlari uchun kurashish kunidan kelib chiqqaniga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ya’ni, 1857 yil 8 mart kunida Nyu-Yorkning poyafzal hamda tikuv fabrikasi ishchi xotin-qizlari manifestga yig‘iladilar. Ular 10 soatlik ish kuni, yorug‘ va quruq ish xonalari hamda erkaklar bilan bir xil maosh olishlarini talab qilib chiqadilar. Xuddi shu kunda Nyu-Yorkdagi yuzlab ayollar namoyishlarga chiqib, saylash huquqini ham talab qiladilar. Chunki o‘sha paytlarda juda kam maosh oluvchi ayollar kuniga 16 soat ishlaganlar.

Erkaklar esa turli chiqishlari orqali 10 soatlik ish kunini qo‘lga kiritganlar. 8 martdagi xuddi shu voqeadan so‘ng ayollar tashkiloti tuziladi va birinchi marta xotin-qizlar unga a’zo bo‘ladilar. Biroq bu kun birinchi marta 1891 yil 19 martda Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveysariyada xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlandi. O‘shanda milliondan ortiq erkak va ayollar manifestlarda ishtirok etadilar. Saylash va joylarni boshqarish huquqidan tashqari, ayollar erkaklar bilan bir qatorda teng huquqli bo‘lishga harakat qiladilar.

1910 yil Kopengagenda o‘tgan xalqaro konferensiyada 8 mart sanasini xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlash taklifi ko‘tarildi. Shundan so‘ng ko‘pgina mamlakat ayollarining jamiyatda faollashuvi boshlanadi. Ular kambag‘allikka qarshi, mehnat huquqiga, hurmatga ega bo‘lish, tinchlik uchun kurash olib boradilar.

Rossiyada esa xalqaro xotin-qizlar kuni birinchi marta 1913 yil Peterburgda bayram qilindi. Rossiya Dumasiga ayollar muammosi bo‘yicha ariza berildi va hukumat a’zolari 1913 yil 2 martda bir yarim ming aholini yig‘ib, bu masalani hal etishga ruxsat berdi. Unda ayollarning saylash huquqi, onalikni davlat tomonidan ta’minlash va muhofaza qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Keyingi yilda esa Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida ayollar urushga qarshi namoyishlar uyushtiradilar.

1917 yil fevral oyining oxirgi yakshanbasida Rossiya ayollari “Non va tinchlik” shiori ostida ko‘chaga chiqdilar. To‘rt kundan keyin esa Nikolay II ayollarga saylash huquqini berishni va’da qildi. Bu kun Yulian yilnomasida 23 fevral hamda Grigorian yilnomasi bo‘yicha 8 martda nishonlana boshlandi.

8 mart xalqaro xotin-qizlar kuni 1965 yildan boshlab dam olish kuni deb belgilandi. Shu kunda hukumat tantanali tadbirlarda ayollarga nisbatan davlat siyosatining amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida hisobot berardi. Asta-sekin xalqaro xotin-qizlar kuni ayollarning o‘z huquqlarini talab qilganliklari uchun emas, balki ularni qadrlash, hurmat qilish va e’zozlash kuni sifatida nishonlana boshlandi.

Sobiq sho‘ro ittifoqi barham topgandan so‘ng 8 mart — xalqaro xotin-qizlar bayrami MDH davlatlari: Ozarboyjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Belorussiya, O‘zbekistonda bayram qilinadi.

Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, MDHdan tashqari ushbu bayram asosan G‘arb davlatlarida nishonlanadi. Xo‘sh, Sharqda-chi?

Sharqda ham bu bayram o‘zgacha tarzda nishonlanadi. Masalan, Yaponiyada xuddi shunga o‘xshash bayram mavjud. Lekin u xotin-qizlar emas, balki faqatgina qizlar (Xina Matsuri) bayramidir. Bu ayyomni qo‘g‘irchoqlar bayrami deb ham atashadi. Bayram 3 martda o‘tkazilib, barcha yapon qizlariga baxt va sog‘lik tilaydi. Yaponlar qizi bor uy ostonasidagi qizil javonga chiroyli kiyintirib qo‘yilgan qo‘g‘irchoqni qo‘yishadi.

Mamlakatning ba’zi joylarida esa qog‘ozdan yasalgan qo‘g‘irchoqlarni suvga tashlaydilar. Bu bilan suvga tashlangan qog‘oz-qo‘g‘irchoq o‘zi bilan baxtsizlik va kasallikni ham olib ketsin, deyiladi. Qizlarga atalgan qo‘g‘irchoqlar odatda vasiyat qilib qoldirilgan bo‘ladi. Chunki bu qo‘g‘irchoqlar juda qimmat bo‘lib, narxi 1000 AQSH dollaridan kam bo‘lmaydi. Ular bir oy davomida ostonada turib, keyingi yil uchun yana yig‘ishtirib qo‘yiladi.
bahor, Xina Matsuri, ayol




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 43
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 565
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 345
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 470
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 126
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 0
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 1
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 0
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 28
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 57
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 36
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 56
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 56
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 45
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 54
  • Bo‘limlar