“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 09:32
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda audiosi tarqab ketgan hokim ishdan olindi

04 mar, 14:03 4 102 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda audiosi tarqab ketgan hokim ishdan olindi Baxtiyor Rajabov / Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi vaqtida tuman hokimi Baxtiyor Rajabov ishdan olindi. Bu haqdagi ma’lumot Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan tasdiqlandi.

Sessiyada nutq so‘zlagan viloyat hokimi Zoir Mirzayev Baxtiyor Rajabovni xalq bilan hisoblashmaslikda ayblagan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev ham ishtirok etgan yig‘ilishda tumanga yangi rahbar tayinlangan.
Endilikda Mirishkor tumaniga G‘.Begaliyev yangi rahbar etib tayinlangan. U shu vaqtgacha Qarshi tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

G‘ayrat Begaliyev / Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovga tegishli ekani aytilgan audioyozuvda hokim yig‘ilish ishtirokchilarini pul tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlamagani uchun turli so‘zlar bilan haqoratlagani va so‘kkani, shuningdek, ba’zilarni urgani eshitilgan.

Qashqadaryo viloyati hokimligi bu audio bo‘yicha munosabat bildirib, Baxtiyor Rajabov 28 fevral kungi yig‘ilishda qo‘l ostidagilarni haqorat qilganini tasdiqladi, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ham ushbu xabar bo‘yicha munosabat bildirdi.

3 mart kuni Qashqadaryo viloyat hokimligidagi kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi va unda viloyat rahbari Zoir Mirzayev Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audiosi bo‘yicha munosabat bildirdi.

«Ish faoliyatimizning ko‘p qismi hokimlar va rahbarlarni tartibga chaqirish bilan o‘tib ketyapti. Mirishkorning zo‘ravon hokimi o‘z xatti-harakati bilan viloyat nomiga dog‘ tushirdi. Biror bir hokimda yaxshi tashabbus ko‘rmaymiz, odamlarning turmush tarzini yaxshilash maqsadida ular taklif ham bermaydi. Afsuski, zamon o‘zgarayotganini siz rahbarlar sezmayapsizlar», degandi u.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Eshtemirovich Rajabov 2018 yilgacha Qashqadaryo viloyatining Koson tumaniga rahbarlik qilgan, 2018 yilning dekabrida ishdan olingan, ammo 2019 yilning martida u Qarshi shahri hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, ko‘p o‘tmay viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga aylangan, ammo 2019 yil oktabrida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishdan ketgach, uning o‘rinbosarlari qatorida Baxtiyor Jo‘rayev ham lavozimidan ozod etilgan va Mirishkor tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi. O‘shanda Baxtiyor Rajabovga va Xurram Jo‘rayevga O‘zbekiston prezidenti «so‘nggi imkon» berayotgani ta’kidlangandi.
Mirishkor tumani hokimi, ishdan olindi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 382
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 634
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 95
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 0
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 0
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 82
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Bo‘limlar