“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 11:15
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston dunyoda koronavirus tarqalgani tufayli taxminan bir milliard dollar yo‘qotishi mumkin

04 mar, 15:36 3 567 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston dunyoda koronavirus tarqalgani tufayli taxminan bir milliard dollar yo‘qotishi mumkin 2020 yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti koronavirus tarqalganligi tufayli Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan manfaatli savdo munosabatlarida 960 million dollardan ko‘proq zarar ko‘rishi mumkin, deydi iqtisod fanlari nomzodi Sergey Voronin. Bu haqda «Review.uz» nashri bergan ma’lumotga tayanib Daryo ma’lum qildi.

Ekspertning fikricha, davlat budjeti bir nechta jihat bo‘yicha zarar ko‘radi. Importga qo‘shilgan soliq tushumlari kutilgan 2,9 foizni tashkil qilmasligi va 1,5 foizgacha, davlat bojlari 0,4 dan 0,2 foizgacha, aksiz solig‘i esa YAIMga nisbatan hisoblaganda 0,1 dan 0,05 gacha tushib ketishi mumkin. 2019 yilda Respublikadagi YAIM 58,3 milliard dollar bo‘lganini inobatga olib 2020 yildagi zarar miqdori 960 million dollard (YAIMning 1,65 foizi) atrofida bo‘lishi taxmin qilingan.

O‘tgan yili Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori bo‘lgan, XXRning tashqi savdodagi ulushi 18 foizni tashkil qilgan, tovar almashinuvi esa 7,6 milliard dollar miqdorida ekani ma’lum qilingandi.

O‘zbekiston Xitoyga energiya vositalari va neft, to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qiladi, mashina hamda uskunlar, shuningdek, kimyo sanoatining xom ashyosini esa import qiladi. Shu sababli COVID-19 koronavirusining tarqalgani iqtisodiyotning barcha jabhalariga salbiy ta’sir qiladi.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni ham talofat ko‘rishi mumkin. O‘zbekistondagi katta sanoat korxonalarining ayrimlarining xom ashyo va uskunalarning asosiy yetkazib beruvchisi Xitoy hisoblanadi.

O‘tgan yili tadbirkorlikda Xitoy kapitali ishtirokida jami 531 ta kompaniya yaratilgan va XXR biznesmenlari bu ro‘yxatda yetakchilik qilgandi. 2020 yilda ushbu natijaning takrorlanishi katta so‘roq ostida qolgan. Turizm ham zarar ko‘radi, sayyohlar oqimi kamayishi kutilmoqda.

Soliq to‘lovchi katta korxonalarga soliqlar bo‘yicha prognozlarni qayta ko‘rib chiqish, ushbu rejalarni bajarish uchun davlat tomonidan ularga qanday yordam talab etilishini ko‘rsatish tavsiya qilinadi, deyiladi xabarda.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.
koronavirus, O‘zbekiston iqtisodiyoti, zarar ko‘rishi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 196
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 120
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 73
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 211
  • Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi 13 apr, 17:27 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 0
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 0
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 0
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 93
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 72
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 75
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 69
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 67
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 99
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 44
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 148
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 276
  • Bo‘limlar