“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 22:06
ЎЗO‘Z

Sevimli kiyimingizning rangi xarakteringizni oshkor qilar ekan...

04 mar, 00:05 5 266 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sevimli kiyimingizning rangi xarakteringizni  oshkor qilar ekan... Londonlik uslubchi va «Sizning uslubingizning rangi» kitobining muallifi Devid Zila shunday deydi: «Javoningiz turli rangdagi kiyimlar bilan to‘lib-toshgan bo‘lsa ham, baribir, siz o‘zingizga yoqqan, o‘zingizni qulay his qiladigan rangdagi kiyimni boshqalaridan ko‘proq kiyasiz. Aynan mana shu rang sizning xarakteringizni ochib beradi».

Turli ekspertlarning fikrlarini o‘rganib chiqqach, «adme.ru» sayti sevimli rang bizni boshqalar ko‘z o‘ngida qanday gavdalantirishi va xarakterimizni namoyon etishini aniqladi.

Qora

«Qora rang – jiddiy qabul qilinadigan rangdir», — deydi moda va uslub bo‘yicha ekspert Karen Xaller.
Haqiqatan ham, psixologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, qora rangni atrofdagilar obro‘, hokimiyat, jiddiylik va ziyolilikni bildiradigan rang sifatida qabul qiladi. Shuning uchun Yevropaning ko‘plab universitetlarida bitiruv libosi qora rangda.

Kiyinishda qora rangni tanlaydiganlar shijoatli, maqsadli, shuningdek, nozikta’b odamlardir. Odatda ular hissiyotga beriluvchan bo‘lishadi, ammo ko‘pincha buni yashirishga harakat qilishadi. Qora rang ularga boshqalarning e’tiborini tashqi ko‘rinishdan shaxsga qaratishga yordam beradi.

Jigarrang

Ushbu rang – yer rangi. Ishonchlilik, kuchlilik va barqarorlikni ifodalovchi rang. Ushbu rangdagi kiyimlarni kiyadiganlar kattalarni hurmat qiladigan, har doim hammadan tinchlik, barqarorlik va kuch izlashga moyil bo‘lgan biroz konservativ odamlardir. Jigarrang ko‘ylakdagi qiz yoki yigit ishonchli, aqlli insonday taassurot qoldiradi. Aslida ham shunday

Ko‘k

Jurnalist va psixolog Liza Jonson Mendelning fikriga ko‘ra «ko‘k rang kishining o‘ziga ishonchini kuchaytiradi. Shuning uchun ko‘plab ish kiyimlari va rasmiy kostyumlar ko‘k rangda bo‘ladi». Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi universiteti olimlarining aniqlashicha, to‘q ko‘k rangdagi liboslar tinchlantirish xususiyatiga ega bo‘lar ekan.

Ko‘pincha ko‘k rangdagi kiyimlarni mehrli, xushmuomala va hatto uyatchan kishilar tanlashar ekan. Psixologlarning aytishlaricha, ko‘k kiyimli kishilar risoladagidek ota-ona yoki ishchi bo‘la oladi. Bunday odamlarning asosiy fazilati bosiqlik va xayrixohlikdir.

Yashil
Amsterdam universiteti olimlari yashil rang sizni yaxshi kayfiyatda ushlab turishini ta’kidlaydilar. Yashil rangni yoqtiradiganlar faol ijtimoiy hayotni ma’qul ko‘radi, yaxshi tumanda yashaydi, ularning moliyaviy holati barqaror bo‘ladi. Ko‘pincha ular muloyim va mehribon, yaqinlari uchun qayg‘uradigan insonlar bo‘lishadi.

Binafsharang
Qadimda binafsharang oliy tabaqaga mansublikni, nafislik, boylik va hashamatni anglatgan. Ma’lumki, Kleopatra bu rangni haddan ortiq yaxshi ko‘rgan. U paytlarda bunday rangdagi kiyimlarni faqatgina boylar kiyishi mumkin bo‘lgan.
Bugungi kunda, kiyimdagi binafsharang ijodkorlikni, g‘oyalarni va san’atni sevishni bildiradi. Binafsharang kiyim kiyadiganlar nozik tabiatli odamlardir.

Qizil

Qizil — ehtiros va kuch rangi. Qizil rangning har qanday yorqin ko‘rinishi barchaning diqqatini o‘ziga torta oladi. «Qizil rang erkaklar uchun asosiy stimulyator vazifasini o‘taydi», — deydi Virjiniya shtatining (AQSH) Norfolk tibbiyot maktabi professori Ebbi Kalish

Sariq
Sariq – baxt, quyosh va kulgi rangi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, atrof-muhitdagi sariq rang miya ichidagi serotonin ishlab chiqarishni oshiradi, metabolizmni tezlashtiradi va atrofdagi odamlarning kayfiyatini ko‘taradi.
Bundan tashqari, sariq rang konsentratsiyani va e’tiborni oshiradi, shuning uchun u tez-tez plakatlarda, reklama bannerlarida, yo‘l belgilarida ishlatiladi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, sariq rangli kiyimlardan ko‘pincha faol, ijod kishilari bo‘lgan odamlar foydalanadi.

Oq

Oq rang — ozodlik, poklik, aybsizlik va oddiylik ramzi. Shu sababli hayotni toza sahifa bilan boshlashga qaror qilsak tez-tez o‘zimizga oq narsa sotib olamiz. Oq rang ishonchli odamlarni jalb qiladi, ular erkinlikni sevdilar va hayotga umid bilan qarashadi.
Umuman olganda, oq libosni har qanday xarakter bilan ham kiyish mumkin. Oq neytral rang.

Pushti
Yorqin pushti yoqimtoy qizning rangi, u ko‘pincha bolalar shkafi yoki Barbi qo‘g‘irchoqlarida ko‘rinadi. Yosh katta bo‘lgan sayin bu rangga talab ham kamayib boraveradi.
Och pushti sokin, haroratli va nazokatli rang hisoblanadi. Ushbu rang – eng kuchli tinchlantiruvchi ranglardan biridir. Shuning uchun ba’zi qamoqxonalarda devorlar agressiya darajasini pasaytirish uchun pushti ranglarda bo‘yaladi. Psixologlarning fikriga ko‘ra, pushti rangni xush ko‘ruvchi insonlar romantik, optimist va o‘zini yaxshi ko‘radigan (yaxshi ma’noda) insonlar bo‘lishadi.

To‘qsariq
Ushbu rang quvnoq, ijodiy, jozibali rangdir. To‘qsariq rangli kiyim kiyganlarga qarang. Ular o‘zgarishlarga tayyor bo‘lgan optimist, quvnoq va harakatchan odamlardir. Ba’zida ular biroz o‘zgaruvchan odamlar bo‘lsa-da, shuhratparast va ehtiyotkor bo‘lishlari mumkin.

Kulrang

Uslubchilarning aytishicha, kulrang — muvozanat rangi. U juda yorqin ham emas, juda to‘q ham emas. Kulrang kiyim kiyadigan kishilar odamlarning diqqatini o‘ziga tortishni istamaydigan kishilar bo‘lishadi. Kulrang xotirjamlik, o‘lchovlilik va yetuklikning belgisidir.
Ko‘plab o‘rta yoshli erkaklar kulrang kostyum kiyadi, ayollar esa kulrang ko‘ylak kiyadi.
Bu neytral rang bo‘lgani uchun uni yoqtiradigan odamni tavsiflash juda qiyin.
Biroq ko‘pchilik hollarda kulrang libos kiygan odam e’tiborni jalb qilishni yoqtirmaydi va betaraf bo‘lgan pozitsiyani saqlaydi.
uslub, rang




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 117
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 251
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 053
  • Chingiz Aytmatov boshi uzra qora bulutlar yoki qasam bilan mustahkamlangan qarz 21 apr, 17:24 305
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 370
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 108
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 0
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 11
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 26
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 160
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 41
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 87
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 281
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 52
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 52
  • SSKA afsonasi Akinfeyev Fayzullayevga nega tanbeh berdi? 23 apr, 18:58 225
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 73
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 119
  • Bo‘limlar