“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:20
ЎЗO‘Z

Saraton kasalligiga chuvalchanglar tashxis qo‘yadi: aniqlik — 86,8 foiz

02 mar, 14:39 7 772 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saraton kasalligiga chuvalchanglar tashxis qo‘yadi: aniqlik — 86,8 foiz Foto: «YouTube»
Yapon olimlari onkologik xastaliklarning 15 turini nuldan boshlab aniqlashning yangi turini topishdi.

«Hirotsu Bio Science Inc» kompaniyasi bosh direktori Xirotsu Takaaki olimlar qanday qilib nematoda chuvalchanglarini saratonga qarshi kurashga jalb qilishgani haqida so‘zlarkan, nematodalardan foydalanish saratonni aniqlashda tezkor va arzon, shuning barobarida, ayniqsa, oshqozon osti bezi saratoni kabi aniqlash qiyin turlarini tezroq topishda istiqbolli usul bo‘lishini ta’kidlagan.

«Ushbu usulga nematodalar (uzunligi 1 millimetr atrofidagi dumaloq chuvalchanglar)ning kimyoviy qo‘zg‘ovchilarga nisbatan harakatlanish reaksiyasi asos qilib olindi — bu chuvalchanglar o‘zlariga yoqqan hid tomon harakatlanadi va aksincha, o‘zlariga yoqmagan hiddan uzoqlashadi. Aytish kerakki, bu ilgari onkologiyada mavjud bo‘lmagan mutlaqo yangi usuldir. Chuvalchanglar bemordan olingan siydikka yaqinlashadimi yoki aksincha, biz shunga qarab saratonni aniqlaymiz», — dedi Xirotsu Takaaki.

Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, nematodalarga sog‘lom odamning emas, balki saraton xastaligi bor odamning siydigi «yoqarkan».

Bu usul bilan 15 turdagi o‘sma kasallikni aniqlash mumkin deyilmoqda. Bular: oshqozon, yo‘g‘on ichak, o‘pka, ko‘krak, bachadon, oshqozon osti bezi, jigar, prostata, qizilo‘ngach, tuxumdonlar, o‘t yo‘llari va o‘t pufagi, siydik pufagi, buyrak, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq yo‘llari saratoni kabilar.

2019 yilning sentabr oyida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, nematodalar yordamida saraton xastaliklariga 86,8 foiz aniqlikda tashxis qo‘yilmoqda. E’tiborli jihati, kasallikning eng erta bosqichida ham tashxis aniqligi 85 foizni tashkil etgan.
chuvalchang, tashxis, Saraton




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 142
  • Organizm uchun eng muhim element — magniyga boy mahsulotlar 27 mar, 08:57 135
  • Sochlar salomatligi va tezroq o‘sishi uchun foydali mahsulotlar 26 mar, 17:23 71
  • To‘satdan bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi nimadan darak beradi? 26 mar, 15:08 155
  • Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik! 26 mar, 09:09 361
  • Inson terisi sog‘lom va ajinlari kam bo‘lishi uchun nima qilish kerak? 26 mar, 06:39 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 0
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 55
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 265
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 64
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 144
  • Bo‘limlar