“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 22:02
ЎЗO‘Z

Samarqandda «Captiva»da qo‘y o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

01 mar, 07:00 3 612 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda «Captiva»da qo‘y o‘g‘irlagan shaxs ushlandi Foto: Samarqand viloyat IIB axborot xizmati
26 fevral kuni Samarqand viloyati Nurobod tuman IIBga shu tumanning «Mehnatkash» mahallasida yashovchi 51 yoshli N.E. ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatga ko‘ra, u o‘sha kuni kuni mahalla hududidan o‘tuvchi A378 — «G‘uzor – Samarqand» avtomobil yo‘li yoqasida qo‘ylarini boqib yurgan vaqtida, qo‘ylaridan birini noma’lum shaxs qora rangli «Kaptiva» rusumli avtomashinasiga yuklab olib ketganligini bayon qilgan.

Nurobod tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, Narpay tumani Oqtosh shahri Sadriddiy Ayniy ko‘chasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan E.S. boshqaruvida bo‘lgan «Kaptiva» rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganida, mashinaning orqa qismiga o‘g‘irlangan bir bosh qo‘y ortilganligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining Kun.uz’ga taqdim etgan xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 12
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 139
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 65
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 139
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 123
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 9
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 12
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 25
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 49
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 139
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 332
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 113
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 21
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 77
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 142
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 313
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 65
  • Bo‘limlar