“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 19:08
ЎЗO‘Z

Andrey Fyodorov: Barcha o‘yinlarni 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlashga ham yo‘q demasdim

28 fev, 23:35 2 346 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andrey Fyodorov: Barcha o‘yinlarni 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlashga ham yo‘q demasdim Xabaringiz bor bugun Superliganing 1-turi doirasida “Lokomotiv” o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Barchani boshlangan yangi mavsum bilan tabriklayman. O‘yin tugaganidan keyin kiyinish xonasida Yigitlarga faqatgina natija yoqqanini aytdim. Mavsum boshlanishidan oldin barcha jamoalar 1-turda yuqori kuch bilan tushishini kutgandim. Bugun ko‘plab vaziyatlar yaratganimiz meni quvontirdi. O‘yin sifatini yaxshilash borasida ko‘plab ishlar olib borgandik. Jamoaning katta qismi o‘zgargan. Ular hali jamoa tarzida shakllana olishmadi. Shu boisdan qo‘lga kiritilgan qiyin g‘alaba bilan ularni tabriklayman. Oldindagi katta mavsumni g‘alaba bilan boshlaganimiz ularga ruxiy dalda bo‘ladi.

– Jamoa “Istiqlol”ga qarshi o‘yinda kichik hisobda yutqazdi. Bugun esa kichik hisobdagi g‘alaba. Nima deb o‘ylaysiz natija aldamchi bo‘lishi mumkinmi?
– Men ham jamoaning o‘yinlari bundan-da yaxshi bo‘lishini istayman. Bu faqatgina 1-tur. Oldinda katta mavsum bizni kutib turibdi. Barcha o‘yinlarni 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlashga ham yo‘q demasdim.

– “Lokomotiv” birinchi taymda, “Andijon” yesa ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadi. Yoki ikkinchi bo‘limda “Lokomotiv” “Andijon”dan ko‘ra yomon o‘ynadi degan fikr to‘g‘rimi?
– “Lokomotiv” ikkinchi bo‘limda “Andijon”dan ko‘ra yomon o‘ynamadi. 2:0dan keyin biz o‘yinni qayta qurishni boshladik. Ikkinchi bo‘limda yigitlarning oldiga qo‘ygan maqsad o‘zgardi va boshqacha taktikalarni ishlatdik. Raqibning golidan keyin yesa natijani ushlab qolish uchun harakat qildik.

– “Lokomotiv”ning markazidagi futbolchilar kuchsizroq. Jamoa shu yarim himoyachilar bilan chempionlik uchun kurasha oladimi?
– Boshida aytganimdek, har qanday holatda ham biz chempionlik uchun kurashamiz. Men uchun eng yaxshi futbolchilar jamoamdagilar. Har doim ko‘p narsa, ya’ni, tayyorgarlik, o‘yinning kayfiyati, ruxi raqibning saviyasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, futbolchilarga ham boshqacha vazifalar topshiriladi. Jamoadagilarning imkoniyati yuqori. Mavsum davomida bundan unumli foydalanamiz.

– Kaxi Maxaradze markazda yaxshi o‘yin ko‘rsatardi. Nima uchun uni aynan markaziy himoyada o‘ynatyapsiz?
– Kaxi jamoaning eng tajribali futbolchilardan biri. U hali o‘zining yuqori jismoniy holatiga kira olmadi. U qaysi pozitsiya bo‘lsa ham yuqori saviyada o‘ynaydi. Hozircha u o‘yinlarga to‘liqligicha tayyor emas. U bilan bu borada ishlayapmiz.

– “Lokomotiv” kelasi turda “Navbahor” maydoniga safar uyushtiradi va o‘yinda anshlag bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu o‘yindan nimalarni kutyapsiz?
– “Navbahor”ga qarshi ajoyib o‘yin bo‘lishini kutyapman. So‘nggi yillarda “Navbahor”da katta o‘sish bo‘ldi. Muxlislar esa jamoaga katta kuch bermoqda. Namangandagi o‘yin muxlislarga katta zavq berishi aniq.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 0
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 341
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 178
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 97
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 275
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 0
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 0
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 0
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 27
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 28
  • Bo‘limlar