“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:09
ЎЗO‘Z

Odnoklassniki musiqiy relizlarni yanada ko‘proq eshitishlari uchun animatsiyalangan muqovalarni ishga tushirdi

28 fev, 18:40 2 969 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Odnoklassniki musiqiy relizlarni yanada ko‘proq eshitishlari uchun animatsiyalangan muqovalarni ishga tushirdi Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i musiqa vitrinasida veb-versiyada animatsiyalangan muqovalarni ishga tushirdi. Interfaol mexanika artistlarga ularning ham alohida treklarini, ham albomlarini yanada ko‘proq foydalanuvchilar eshitishlari va klik bosishlariga yordam beradi. Animatsiyalangan banner jonsiz muqovaga qaraganda ikki marta ko‘proq foydalanuvchilar klikini to‘playdi.

Animatsiyalangan muqovalar — artistlarning musiqiy relizlarini taqdim etishning yangi formati. Banner artistning ham alohida treki, ham to‘plami, albomi yoki sahifasiga olib kirishi mumkin. OK artistlarning relizlarini taqdim etish va tarqatish uchun musiqiy vitrinasida animatsiyalangan muqovalarni qilishni rejalashtirgan. Bundan tashqari musiqachilar va leyblar OK ga o‘zlarining qisqa videolarini ularni bannerlar sifatida musiqa vitrinasida joylashtirish uchun taklif qilishlari mumkin. OK videolardan animatsiyalangan banner tayyorlashlari uchun ularning sifati juda yuqori bo‘lishi kerak.

Musiqa vitrinasidagi yangi format foydalanuvchilarning e’tiborini tortadi. Testlash shuni ko‘rsatdiki, tinglovchilar jonsiz, qotib turadigan muqovalarga qaraganda interfaol muqovalarga jon deb klik bosadilar. Foydalanuvchilarning g‘ashiga tegmaslik uchun OK musiqa vitrinasida animatsiyalangan muqovalarning cheklangan sonini joylashtirishni rejalashtirgan.

Birinchilardan bo‘lib animatsiyalangan muqavani Zivert sinab ko‘rdi. 14 fevralda qo‘shiqchining «YATL» deb nomlangan yangi treki chiqdi: OK kompozitsiyani musiqa vitrinasiga joylashtirdi va u uchun animatsiyalangan banner qildi, bannerda Zivert foydalanuvchilarga havo orqali o‘pich yubormoqda.

Odnoklassniki o‘z musiqiy servisini faol rivojlantirmoqda. 2019 yilda “Musiqa”ni barcha platformalarda: desktop va mobil versiyalar, shuningdek OK ning iOS va Android ilovalarida yangiladi. Yangi servis personal tavsiyalar, do‘stlarining yaxshi ko‘radigan musiqalarini birlashtirish, shuningdek yangi dizayn va navigatsiyalarning yaxshilangan texnologiyalariga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar tavsiyalar algoritmi yordamida bitta klikda stili hamda yangrashi bo‘yicha o‘xshash musiqani topa oladilar. Endi qo‘shiqni o‘z pleylistiga qo‘shib qo‘yganidan keyin foydalanuvchilar dastlabki qo‘shilgan qo‘shiq bilan mos tushish darajasini hisobga olib tanlangan o‘xshash kompozitsiyalarga tavsiyalarni ko‘radilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 52
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 484
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar